"Mang’istau tarix to'lqinida"- tarix va bugunni jonlantirgan anjuman

     Xabaringiz bor joriy yilning 16-17- noyabr kunlari Qozog'istonning Mang’istau viloyati Aqtau shahrida "Mang’istau tarix to'lqinida" nomli xalqaro ilmiy konferensiya bo'lib o'tmoqda. Ushbu konferensiya Orol-Kaspiy xalqining nomoddiy, moddiy madaniy merosi, etnogenezi, tarixini o'rganishga bag'ishlanadi.

 

Unda Fanlar akademiyasining bir qator olimlari qatorida  San'atshunoslik institutining "Me'morlik" bo'limi boshlig'i, san'atshunoslik fanlari doktori, professor Mavluda Yusupova ham ishtirok etmoqda. Anjumanning birinchi kuni turli davlatlarda tashrif buyurgan olimlarning ma'ruzalarini tinglashga bag'ishlangan bo'lsa, ikkinchi kuni Press-turdan iborat. Bugun "Cho'llarda va plato Ustyurtlardagi yerosti va qoyatoshlarga uyilgan masjid-so'fiylik xonaqoxlari” bo'yicha Press-tur bo'lib o'tmoqda.