Koreyada “Katta quyosh qurilmasining texnologik imkoniyatlari va materiallar sintezi” taqdimoti

     Koreya Sanoat Texnologiyalari instituti (KITECH) tomonidan oʻtkazilayotgan “Yuqori saviyali ekspertlar almashinuvi dasturi” doirasida Materialshunoslik instituti direktori O.Parpiyev Kongju universitetida koreys tadbirkorlari uchun “Katta quyosh qurilmasining texnologik imkoniyatlari va materiallar sintezi” mavzusida taqdimot o’tkazdi. Materialshunoslik instituti tomonidan ishlab chiqilgan yuqori samarali payvandlash texnologiyalari va materiallari katta qiziqish uygʻotdi. Materiallarning namunalarini KITECH korxonalarida sinovlarini o’tkazish va uning natijalariga ko’ra transferini amalga oshirishga kelishildi.

 

Shuningdek, O’zbekiston-Koreya biznes markazida KITECH tomonidan ishlab chiqariladigan ilmiy va sanoat asbob-uskunalarini Oʻzbekistonga yetkazish, ilgʻor texnologiyalar transferi va KITECHning vakolatxonasini Oʻzbekistonda ochish masalalari muhokama qilindi