2019-yil 24-oktabr kuni O‘zR FA Umumiy va noorganik kimyo instituti tomonidan tashkillashtirilgan "Kimyo fani va sanoatni rivojlantirishning dolzarb muammolari" mavzusida I Xalqaro o‘zbek-qozoq Simpoziumi o‘z ishini boshladi.
Simpoziumda shu sohaning yetuk o‘zbek olimlari bilan bir qatorda taniqli olim, “A.Bekturov nomidagi kimyoviy fanlar instituti” OAJ bosh direktori, Qozog‘iston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademigi Edil Ergojaevich Ergojin boshchiligidagi Qozog‘iston Respublikasidan kimyogar olimlaridan iborat delegatsiya ishtirok etmoqda.
Simpozium 25-oktabr kuni o‘z ishini yakunlaydi.
Simpozium ochilishida kimyo fani va sanoatining dolzarb muammolariga bag‘ishlangan O‘zbekiston va Qozog‘iston kimyogar olimlari ma’ruzalari tinglangdi va muhokama qilindi.