“Istiqlol davri tilshunosligi, adabiyotshunosligi va folklorshunosligining dolzarb masalalari” mavzusida respublika ilmiy anjumani o’tkazildi

2021-yilning 15-sentyabr kuni O’zbekiston Fanlar akademiyasi Oʼzbek tili, adabiyoti va folklori instituti tomonidan mamlakatimiz mustaqilligining oʼttiz yilligi munosabati bilan tashkil etiladigan “Istiqlol davri tilshunosligi, adabiyotshunosligi va folklorshunosligining dolzarb masalalari” mavzusidagi respublika ilmiy anjumani o’tkazildi. Unda respublikamizning turli hududlaridan, oliy taʼlim muassasalaridan yetakchi olim va mutaxassislar, professor-oʼqituvchilar, yosh tadqiqotchilar, talabalar ishtirok etishdi.

  

Аnjuman ishi plenar va tilshunoslik, adabiyotshunoslik, folklorshunoslik shoʼbalarida olib borildi.

Unda mustaqillik davrida oʼzbek mumtoz adabiyoti tadqiqi, oʼzbek tilshunosligi taraqqiyoti, istiqlol davri oʼzbek sheʼriyatining oʼziga xosligi, baxshichilik va folklorshunoslik ishlarining oʼrganilishi, zamonaviy tilshunoslikka bagʼishlangan bir-biridan qiziqarli maʼruzalar tinglandi va muhokama qilindi.