O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Bioorganik kimyo instituti

Direktor

Solixov Shavkat Ismoilovich

Bioorganik kimyo instituti direktori Biol.fan.dok., akademik
info@biochem.uz
(+99871) 2627062
Bog'lanish
Manzil: 100060,  Toshkent sh., Shahrisabz ko'chasi, 5  
Direktor: Solixov Shavkat Ismoilovich
Теlefon: (+99871) 2627062
Faks: (+998 71) 2627063
Sayt:

http://biochem.uz

O.S.Sodiqov nomidagi Bioorganik kimyo instituti 1977-yili tashkil topgan, 2012-yili uning tarkibiga Biokimyo instituti va Fiziologiya va biofizika institutining ilmiy potensiali qo'shilgan.Institut faoliyatining asosiy yo'nalishi – tirik organizmlar faoliyatining molekulyar asoslari, o'simlik va hayvon organizmlaridagi biologik faol moddalarning ishlash mexanizmlarini o'rganish, ushbu asosda sog'liqni saqlash, qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat tarmoqlari uchun yuqori samarali texnologiyalar va preparatlarni yaratish. - tabiiy biologik faol birikmalarning tuzilishi va funksiyasini o'rganish; - norma va turli patologiyalarda tirik organizmlar faoliyatining biokimyoviy, biofizikaviy va molekulyar-genetik mehanizmlarini o'rganish; - biologik faol birikmalarning ta'sir mexanizmlarini xujayra va molekulyar darajalarda o'rganish va ular ta'sir qiladigan samarali nishonlarni aniqlash; - dori preparatlari, oziq-ovqat maxsulotlarining bioxavfsizligini diagnostika qilish va uni baxolash uchun test-sistemalar, o'simliklarni kimyoviy himoya qilish vositalarini ishlab chiqish va biotexnologiya metodlari yordamida ko'rsatkichlari yaxshilangan qishloq xo'jalik maxsulotlarini yaratish; - maxalliy o'simlik va hayvon xomashyolari asosida original dorivor vositalarni yaratish; - o'simliklar va qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ekologik havfsiz himoya vositalarini yaratish; - o'simlik va hayvon xomashyosidan ikkilamchi maxsulotlarni qayta ishlashning ilmiy hajmdor texnologiyalarini ishlab chiqish va o'zlashtirish.