Ilmiy darajaga ega xodimlarga qo‘shimcha haq to‘lash to‘g‘risidagi qarorga bag'ishlangan yig'ilish o'tkazildi

2019 yil 27-dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida yig'ilish tashkil etildi, unda ishtirokchilar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-dekabrdagi “Ilm-fan va ta’lim sohasidagi davlat tashkilotlarida ilmiy, ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ilmiy darajaga ega xodimlarga qo‘shimcha haq to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi 1030-sonli qarori Nizomini muhokama qildilar.

 

Ushbu muhim hujjat muhokamasida O’zR FA ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari, yetakchi olimlar va yosh tadqiqotchilar ishtirok etdilar.

   

Yig'ilishda ilmiy darajaga ega xodimlarga qo‘shimcha haq to‘lash tartibi va shartlari - 30% (fan nomzodlari  va PhD uchun) va 60% (fan doktorlari uchun), shuningdek, qo‘shimcha haq to‘lash kerak bo'lgan ko'rsatkichlar haqida qizg'in munozaralar bo'lib o'tdi. Ushbu maqsadlar uchun foydalanilmagan mablag'lar, agar ular to'liq ishlatilmasa, tashkilotning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga sarflanadi.