Ilm-fan va ta’lim integratsiyasiga yo‘naltirilgan yangi hamkorlik!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi PQ–2909-sonli hamda 2017-yil 27-iyuldagi PQ–3151-sonli qarorlarida belgilangan vazifalar asosida Osiyo Xalqaro Universiteti va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

 

Mazkur memorandum ta’lim, fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi aloqalarni kuchaytirishga xizmat qiladi. Unda qo‘shma uchrashuvlar va tadbirlar o‘tkazish, ilmiy-tadqiqot loyihalari va xalqaro grantlar bo‘yicha hamkorlik qilish belgilandi. Shuningdek, magistrantlar va doktorantlarning ilmiy ishlari bo‘yicha rahbarlik qilish, qo‘shma anjumanlar, simpoziumlar va ko‘rgazmalar tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Memorandum yosh olimlar, doktorantlar va izlanuvchilarning ilmiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi. U ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.