Muayyan tilning rivojlanishi jarayonida uning lug‘aviy tarkibi, jumladan, terminologiyasi boshqa sohalarga qaraganda tez, sezilarli, jiddiy o‘zgarishlarga uchraydi. Ijtimoiy-siyosiy terminologiyadagi taraqqiyot, o‘zgarishlar ham yangi lug‘aviy birliklarning paydo bo‘lishi va ayrim lug‘aviy birliklarning iste’moldan chiqishi, so‘zlarning yangi ma’nolar kasb etishi va ayrim ma’nolarining yo‘qolishi kabi hodisalardan iborat bo‘ladi. Bunday o‘zgarishlar tegishli lug‘atlarda aks ettirilgandagina ularning salmog‘i, ko‘lami yaqqol namoyon bo‘ladi.
Shu munosabat bilan O’zbekiston Fanlar akademiyasi Oʼzbek tili, adabiyoti va folklori instituti olimlari tomonidan “Ijtimoiy-siyosiy terminlarning qisqacha izohli lug‘ati” tayyorlandi va Davlat titlini rivojlantirish departamenti ko’magi bilan nashr etildi.
Bugun, 7-may kuni Аlisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʼzbek tili va adabiyoti universitetida mazkur lug’atning taqdimoti oʼtkazildi.
Ushbu lug‘at so‘zligi O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti I.A. Karimovning ko‘p jildli asarlari to‘plamidan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev asarlaridan, O‘zbekiston hukumatining me’yoriy-huquqiy hujjatlaridan, vaqtli matbuot sahifalaridan, 5 jildli “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”dan, 12 jildli “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi”dan hamda shu sohaga doir mavjud lug‘atlardan to‘plandi va izohlandi. Lug’atda 4400 ga yaqin ijtimoiy-siyosiy termin va terminologik birikmalar jamlangan.
Lug‘at ijtimoiy-gumanitar fanlar mutaxassislariga, keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.