Joriy yilning oktyabr oyida O’zR FA Navoiy bo‘limi rahbariyati “BMB Trade Group” investision-konsalting kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi. Mazkur kompaniya jahon standartlari talablariga muvofiq ekologik toza qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash va xorijiy davlatlarga eksport qilish bilan shug‘ullanadi. Uchrashuvda o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.
Memorandumning muhim jihati qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda mahalliy-ilmiy ishlanmalarning ilg‘or yutuqlaridan foydalanish va mavjud loyihalarga sarmoya jalb etishdan iborat.
Uchrashuv davomida kompaniyani Bo‘lim loyihasiga kiritish istiqbollari muhokama qilinib, bunda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining saqlanish muddatini uzaytirish va sifatini saqlashga yo‘naltirilgan “Qishloq xo‘jalik mahsulotlariga nokimyoviy mikroblarga qarshi ishlov berish usuli” innovasion texnologiyasini O‘zbekistonda tadbiq etilishi muhokama etildi. Bunda O‘z R FA tegishli ilmiy-tadqiqot muassasasi va Rossiya kompaniyasi o‘zaro hamkorlikda O‘zbekistonning bir nechta viloyatlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zamonaviy texnologiyalarni qo‘llab maxsus ishlov berishga yo‘naltirilgan ilmiy ishlab chiqarish markazlarini yaratish va shu yerda elektron tezlatgichlar vositasida olinadegan elektronlarning yuqori quvvatidan foydalanish nazarda tutildi. Bundan tashqari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining sifatini aniqlash bo‘yicha regional-tahliliy laboratoriyalarning tashkil etilishi ushbu uchrashuvdagi alohida mavzu bo‘ldi.
Muzokaralar so‘nggida tomonlar imzolangan hujjatlar ijrosining amaliy jihatlarini muhokama qildilar.