Halqasimon Quyosh tutilishi hodisasi kuzatiladi

2019-yil  26-dekabr kuni Halqasimon Quyosh tutilishi yuz beradi. Ushbu astronomik hodisani Respublikamizning barcha hududlarida qisman Quyosh tutilishi shaklida kuzatish mumkin.

 

Eslatib o’tamiz, tutilish ertalab soat 08:00 da boshlanib, 10:06 gacha davom etadi. Soat 9:00 atrofida tutilish maksimumga ega bo'ladi va unda Quyosh gardishining uchdan bir qismi to'siladi.