2019-yil 26-dekabr kuni ertalab 8:00 dan 10:06 gacha halqali shaklidagi Quyosh tutilishi noyob astronomik hodisasi kuzatildi. Shu munosabat bilan O‘zR FA Astronomiya instituti tomonidan Mirzo Ulug'bek maktab-internati, Prezident maktabi o'qituvchi va o’quvchilari, shuningdek, yosh olimlar ishtirokida seminar tashkil qilindi.
Seminar davomida ushbu astronomik hodisa Mirzo Ulug'bek maktab-internati binosiga o'rnatilgan maxsus ekranli zamonaviy teleskop yordamida kuzatildi. Shuningdek, O'zR FA Astronomiya instituti olimlari tomonidan Quyosh va Oy tutilishining asosiy qonunlari, ularning ilmiy va amaliy ahamiyati haqida ma'lumot berildi.
Eslatib o’tamiz, tutilish ertalab soat 08:00 da boshlanib, 10:06 gacha davom etdi. Soat 9:00 atrofida tutilish maksimumga ega bo'ldi va unda Quyosh gardishining uchdan bir qismi to'sildi.