O’zR FA Genomika va bioinformatika markazi hamda O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi Bojxona instituti hamkorlikda "Genetik jihatdan o'zgartirilgan organizmlar" monografiyasini nashr etildi.
Monografiyada genetik jihatdan o'zgartirilgan organizmlarning bioxavfsizligi bilan bog'liq masalalar: GMO yaratish va aniqlash usullari, genetik jihatdan modifikatsiyalangan organizmlardan foydalanishning inson salomatligi va atrof-muhitga ta’siri, yuzaga kelishi mumkin bo'lgan xatarlar va ushbu xatarlardan saqlanish uchun ko'rilagan choralar haqida so’z boradi. Bundan tashqari, monografiyada GMO dan milliy iqtisodiyotda foydalanishni huquqiy tartibga solishning asosiy jihatlari va ularning xavfsizligi to'g'risida ma'lumotlar keltirilgan. Shuningdek, monografiyada ushbu yo'nalishni O'zbekistonda rivojlantirish bo'yicha takliflar mavjud.