2020-yil 10-fevral kuni O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Immunologiya va inson genomikasi instituti hamda O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi o’rtasida uchrashuv tashkil qilindi. Institut direktori, akademik T.Aripova Immunologiya va inson genomikasi institutining farmatsevtika sohasi bo'yicha takliflari va istiqboldagi rejalari haqida ma’lumot berdi.
Uchrashuvda kelgusida biotibbiyot texnologiyalari sohasida hamkorlik qilish va dori vositalarining bioimmunologik xususiyatlarini klinik oldi o'rganish masalalari muhokama qilindi. Farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi rahbariyatining taklifiga binoan qo'shma tadbirlar rejasini ishlab chiqish uchun ishchi guruh tashkil etish rejalashtirilgan.