Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga Turkiya Respublikasining Oʼzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Olgan Bekar janoblari tashrif buyurdi. Mehmonni FА prezidenti B.Yuldashev, bosh ilmiy kotib Gʼ.Baxadirov, vitse-prezidentlar B.Ibragimov hamda S.Mirzayevlar kutib oldi.
Uchrashuv davomida FА faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlari haqida qisqacha maʼlumot berildi. Shu oʼrinda elchi O.Bekar janoblari Oʼzbekiston bilan ilmiy aloqalarni yanada mustahkamlashdan manmun ekanligini izhor etdi hamda samimiy uchrashuv uchun minnatdorchilik bildirdi.