O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy-tadqiqot instituti veb-saytiga (http://instmech.uz/) hakerlik hujumi qilinganligi to’g’risida ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar tarqaldi (@mvdlife). Ushbu xabar bo’yicha quyidagilarni ma’lum qilamiz:
Hakerlik hujumi uyushtirilgan veb-sayt O`zR FA Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti veb-sayti bo'lib, mazkur holat Institut mas'ul xodimlari tomonidan bartaraf etildi. Fanlar akademiyasi tomonidan ilmiy-tadqiqot muassasasining veb-saytini takomillashtirish va xavfsizlik choralarini kuchaytirish bo'yicha topshiriqlar belgilandi.
Saytga qo'yilgan bank plastik kartasi Baboyev Babakulga tegishli ekanligi aniqlandi.
Eslatib o`tamiz, kiberjinoyat uchun javobgarlik belgilangan.
Jinoyat kodeksining (https://lex.uz/docs/111453) bir qator moddalarida kompyuter texnikasi vositalaridan foydalanib sodir etiladigan jinoyatlar va ularga nisbatan javobgarlik koʼzda tutilgan.
Jumladan, ushbu kodeksning 278⁵-moddasiga koʼra, oʼzganing kompyuter uskunasini qasddan ishdan chiqarish, xuddi shuningdek, kompyuter tizimini buzish (kompyuter sabotaji):
3 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib, 66 mln 900 ming soʼmdan 89 mln 200 ming soʼmgacha miqdorda jarima;
2 yilgacha ozodlikni cheklash;
2 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.