Kuni kecha facebook ijtimoiy tarmogʼida “FАNLАR АKАDEMIYaSI KUTUBXONАSIGА BOMBА TUShIBDI” nomli maqola eʼlon qilindi (https://www.facebook.com/rozmetov.doniyor/posts/10228063275746517). Ushbu maqola boʼyicha Fanlar akademiyasi quyidagilarni maʼlum qiladi:
Maʼlumki, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017-yil 1-noyabrdagi “Ilmiy-tadqiqot muassasalarining infratuzilmasini yanada mustahkamlash va innovatsion faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ–3365-son qarori asosida Fanlar akademiyasining ilmiy-tadqiqot muassasalari bosqichma-bosqich taʼmirlanmoqda va moddiy-texnik bazasi mustahkamlanmoqda. Xususan, 2018 – 2021-yillarda Fanlar akademiyasi tasarrufidagi 25 ta ilmiy-tadqiqot muassasalari binolari taʼmirlandi va bu kabi ishlar davom ettirilmoqda.
Jumladan, maqolada keltirilgan kutubxona fotosuratlaridan shuni anglash mumkinki, bugungi kunda ushbu binoda taʼmirlash ishlari olib borilmoqda. Shuni alohida taʼkidlash lozimki, mazkur FА Fundamental kutubxonasi 2021-2023-yillarda toʼliq taʼmirdan chiqarilishi rejalashtirilgan. Hozirgi kunda binoning tomi hamda isitish tizimi taʼmirlangan.
Аniq maʼlumotlarga asoslanmagan xabarlarni tarqatib aholida salbiy fikr uygʼotish bu vatanparvarlik hisoblanmaydi.