Fanlar akademiyasi Botanika instituti olimlari tomonidan yangi o’simlik turi kashf etildi

O‘zR FA Botanika instituti O‘zbekiston florasi hamda Molekulyar filogeniya va biogeografiya laboratoriyasi xodimlari fan uchun piyoz (Allium) ning yangi turini aniqladilar. Surxondaryo viloyatidagi Bobotogʻ tizmasidan topilgan bu tur Allium suhangii deb nomlandi. Allium suhangii morfologik jihatdan  Allium brevidensga o‘xshash, lekin tojbarglarining uzunligi va o‘ziga xos rangi bilan farqlanadi. Kashf qilingan yangi  turning tavsifi mashhur PhytoKeys jurnalida nashr etildi (https://phytokeys.pensoft.net/article/96464/). Maqola Allium turkumiga mansub bo‘lgan yangi turning O‘zbekiston hududidan topilganligini va uni to‘liq O‘zbekiston florasi uchun noyob endemik tur ekanligini ko‘rsatadi.

 

 

 

Allium sunhangii A–A1 gulning butun va boʻylama kesmasi. B gulning alohida koʻrinishi. C urug‘chining ko‘ndalang kesmasi. D–D1 piyzobosh qobig‘i  va piyozbosh. E turning umumiy ko‘rinishi (barglarsiz).

 

 

 

Allium sunhangii F.O.Khass., Tojibaev & Z.Yuss., sp. nov. ning golotipi

 

 

 

 

Allium sunhangii, A. brevidens, A. nikolai va A. pshikharvicum ning tarqalish xaritasi

 

 

A1–A2 to‘pgulning ko‘rinishi va oʻsayotgan Allium sunhangii. B–B1 Zarkosa choʻqqisining umumiy koʻrinishi va yashash joyi landshafti.

 

Filogenetik daraxt va unda A. sunhangii ning joylashishi.