Fan va ta’limni rivojlantirishda yoshlarning o‘rni

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida “Fan va ta’limni rivojlantirishda yoshlarning o‘rni” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur konferensiya O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, O‘zR FA Yosh olimlar kengashi, O‘zR FA Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamkorligida tashkil etildi.

 

Konferensiya ishida fizika-matematika va texnika,  tabiiy  hamda ijtimoiy-gumanitar fanlarning dolzarb muammolari, ularning yechimlari, istiqbolli rejalar, olib borilayotgan ilmiy ishlar haqida ma’ruzalar tinglandi va muhokama qilindi.

Konferensiya yakunida yosh tadqiqotchilar turli nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandilar.