2018-yil 17-mart kuni O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Prezidiumi katta majlislar zalida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi O’zbekiston “Adolat” SDP fraksiyasi, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va “Taraqqiyot strategiyasi” markazi hamkorligida “Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yili” Davlat dasturidan o’rin olgan “Fan to’g’risida”gi qonun loyihasi muhokamasiga bag’ishlangan davra suhbati bo’lib o’tdi. Unda Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari, yetakchi olim va mutaxassislar, akademiklar, yosh olim-izlanuvchilar, tegishli mutasaddi tashkilotlar va ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdilar.
Tadbirda ilmiy faoliyatni yanada jadallashtirish yo’lidagi muammolar va ularning yechimini aniqlash, sohaning huquqiy asoslarini takomillashtirish, jumladan, “Fan to’g’risida”gi qonun loyihasini maromiga yetkazish bilan bog’liq vazifalar muhokama qilindi.