Ilm, fan va innovatsiyalar yo‘lida siz ham o‘z o‘rningizni egallang!
“O‘zR FA Ilm-fan targ‘ibot markazi” va “Science and Innovation” kompaniyasi hamkorligida tashkil etilgan "EVRIKA" TANLOVI Respublikamiz bo‘ylab katta qiziqish bilan davom etmoqda!
"EVRIKA" – bu 18 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lgan ilm-fan ixlosmandlari uchun noyob imkoniyat!
Tanlovning maqsadi: davlat va jamiyat oldidagi fidokorlik, fan va innovatsiyadagi yutuqlarni munosib rag‘batlantirish.
5 YO‘NALISH – 15 G‘OLIB! Har bir yo‘nalish bo‘yicha 3 nafardan g‘olib aniqlanadi:
Raqamlar dunyoni boshqaradi;
Tabiat va inson;
Texnika va IT texnologiyalar olam;
Jamiyat, tarix, madaniyat;
Faol yosh olima ayollar uchun;
Tanlov bosqichlari:
1-bosqich: 1-may – 1-iyul
Arizalarni qabul qilish va nomzodlarni birinchi bosqichda saralash
2-bosqich: 1-iyul – 1-sentabr
Saralash va 10 nafar finalistni aniqlash
3-bosqich: 1-sentabr – 1-oktabr
Final: taqdimotlar, baholash va g‘oliblarni aniqlash
MUKOFOT FONDI:
1-o‘rin — BHMning 30 baravari
2-o‘rin — BHMning 20 baravari
3-o‘rin — BHMning 10 baravari
Har bir g‘olibga — statuetka va faxriy sertifikat
Hujjat topshirish va batafsil ma’lumot olish uchun:
evrika-academy.uz (https://evrika-academy.uz/)
Ilm-fan sari intilgan yoshlarga — "EVRIKA" eshiklarini ochmoqda! Siz ham ishtirok eting va o‘z yutug‘ingiz bilan ilhomlaning!