Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti olimlari tomonidan suv va gidroenergetika inshootlarining seysmik holatini baholash boʼyicha ekspress uslub ishlab chiqildi.
Ushbu yoʼnalishdagi ishlar 2018-yilda boshlandi va amaliy tadqiqotlar doirasidagi oʼlchov ishlari va “toʼgʼon tanasining tebranish chastotalari pasportini” tuzish ishlarining birinchi bosqichi Andijon, Oxangaron, Rezaksoy, Karkidon, Hissarak va Tupalang suv omborlari toʼgʼonlarida olib borildi.
Tosh bilan toʼldirilgan gruntli va temir-beton tayanchli toʼgʼonlar holatini monitoringi metodikasi toʼgʼon gavda tebranish parametrlarini turli qismlarda oʼzgarishini qayd qilish va tebranish spektrlarini taqqoslash asosida prognoz qilishdan iborat. Olinadigan natija relaksatsiya jarayonlari bilan bogʼliq holda vaqt davomiyligidagi siljishlar hamda suv omboridagi suv sathi orasidagi chiziqli bogʼlanish orqali aniqlanadi.
Tugʼon oʼrkachida kuzatuv nuqtalarni juda zich joylashtirish orqali toʼgʼon gavdasini tabiiy tebranishni toʼla oʼrganish imkonini beradi. Oʼrganilayotgan nuqtalarda toʼlqinli maydonlarni izchil qayta qurish usuli bunday tadqiqotlarni yuqori aniqlikda bajarishga asos boʼladi. Kam sonli uskunalar bilan kuzatuvlar oʼtkazish imkoniyatining kengligi tufayli uslub juda texnologik hisoblanadi.
Yaponiyalik olim Nakamuraning usuli muhandislik poydevordagi amplituda-chastota xususiyatiga ega analogik qirqimidagi geologik materiallar qatlamning butun qalinligi uchun grunt qismining uzatish funktsiyasini tashkil etuvchi mikroseysmik tebranishlarning gorizontal komponent spektrlarini ularning vertikal komponentlari (H/V nisbatlari) spektrlari nisbatiga asoslangan. Kuzatuvlar bitta uch komponentli stansiya tomonidan natijaviy materiallar sifatini yoʼqotmagan holda amalga oshiriladi. Bu qisqa vaqt ichida va yuqori aniqlik bilan muhandislik-geofizik tadqiqotlar oʼtkazishda belgilangan vazifalarni hal qilishga imkon beradi.
Toʼgʼon va qirgʼoqlar boʼylab 25 dan 100 metrgacha boʼlgan masofa bilan 40 daqiqalik intervallarda mikroseysmik oʼlchovlar olib boriladi.
Oʼlchovlarning birinchi sikli natijasida toʼgʼon tanasining toʼlqinlarni qayd qilish punktlarining shaxsiy chastotalari pasporti tuziladi. Agar baʼzi bir qayd qilish punktlarida shaxsiy chastotalar oʼzgarib tursa, toʼgʼon tanasining suv massasi bilan yuklanish darajasi yoki toʼgʼon tanasi holatining oʼzgarganlik darajasini baholash mumkin boʼladi.
Gruntli toʼgʼonning holatini tahlil qilish uchun tavsiya etilayotgan usul inshootning konstruktiv hususiyatini, hamda poydevorning oʼziga xosligi, boʼlakli bir jinsga mansub boʼlmagan gruntlarning fizik-mexanik xususiyatlarini hisobga olishga imkon beradi.