O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Boshqaruv apparatida 2019-yil 1-mart kuni “El-yurt umidi” jamg‘armasi mutasaddi xodimlari ishtirokida o‘quv seminari o‘tkazildi. Seminarda ushbu tanlov yo‘nalishlari va unda ishtirok etish shartlari, hujjatlarni sifatli rasmiylashtirish bo‘yicha tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. Unda O‘zR FA tizimi uchun e’lon qilingan “Fan va ilmiy tadqiqotlar” yo‘nalishi bo‘yicha tanlov shartlari haqida batafsil so‘z yuritildi.