Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Materialshunoslik instituti olimlari tomonidan biologik asosda olingan koʻp qatlamli grafen yaratildi. Shuningdek, ushbu material asosida suvni tozalashga moʻljallangan WATER-TOL nomli filtr-press qurilmasining laboratoriya namunasi ishlab chiqildi.

Soʻnggi yillarda uglerod asosidagi zamonaviy materiallar — grafen, uglerod nanotrubkalari, fullerenlar va grafen oksidi keng tadqiq etilmoqda. Ushbu materiallar yuqori mustahkamlik va noyob fizik-kimyoviy xususiyatlarga ega boʻlishiga qaramay, ularning aksariyati ishlab chiqarish jarayonida zaharli moddalar qoʻllanilishi sababli tibbiyot sohasida cheklangan tarzda foydalaniladi.
Fanlar akademiyasi olimlari tomonidan yaratilgan koʻp qatlamli grafen esa bu jihatdan mutlaqo xavfsiz hisoblanadi. U inson organizmi uchun zararsiz boʻlgan koʻp qatlamli nanokarbon materialidir. Olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijalariga koʻra, mazkur material:

Shu sababli, koʻp qatlamli grafen inson tanasi toʻqimalari bilan mos keluvchi, yaʼni biomos yangi avlod materiali sifatida baholanmoqda.
Ushbu material tibbiyotda yaralarni davolash, tiklovchi muolajalar va antibakterial qoplamalar yaratishda, farmatsevtika sohasida dori vositalarini yetkazib beruvchi tashuvchi sifatida, sanoatda esa mustahkam va yuqori chidamli materiallar tayyorlashda qoʻllanilishi mumkin.
Eng muhimi, global ekologik muammolarni inobatga olgan holda, koʻp qatlamli grafen suv va havoni tozalash, zaharli moddalar hamda radionuklidlarni yutib olishda yuqori samaradorlikka ega.
Koʻp qatlamli grafenning grafen oksididan asosiy farqi shundaki, u tarkibida kislorodli guruhlarni saqlamaydi. Shu bois, mazkur material tibbiyot va ekologiya sohalari uchun xavfsiz, yuqori salohiyatga ega va XXI asrning istiqbolli innovatsion materiali sifatida eʼtirof etilmoqda.