O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti BBP-CM rusumidagi tadqiqot reaktorining 60 yilligiga bag’ishlangan “Yadro fizikasi va yadroviy texnologiyalarning hozirgi zamon muammolari” mavzusidagi an’anaviy IX Xalqaro konferensiya O’zR FA Temuriylar tarixi muzeyida o’z ishini boshladi.
Ushbu konferensiyada dunyoning 18 ta mamlakatidan 180 nafarga yaqin shu sohaning yetuk olimlari ishtirok etmoqda.
Konferensiya 27-sentabrga qadar davom etadi.