O‘zR FA Umumiy va noorganik kimyo instituti xodimlari J.Adilov va E.Safonovalarga "Dolomitni kompleks qayta ishlash usuli" ixtirosiga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining patenti berildi.
Ushbu ixtiro dolomit mineral xom-ashyosini qayta ishlash bilan bog‘liq. Ishlab chiqilgan usul yordamida magniy oksidi yoki uning hosilalarini, qog‘oz va plastmassa ishlab chiqarishda, mineral o‘g‘itlar, metallurgiya, olovga bardoshli mahsulotlar, keramika, shisha, farmatsevtik va boshqa vositalar ishlab chiqarishda ishlatiladigan cho‘kma xolidagi magniy karbonatini olish mumkin. Zaharsiz reagentdan foydalangan holda energetik tejamkor, soddalashtirilgan texnologiya yaratildi.
Ixtiro energiya va reaktivlarni tejashda asosiy magniy karbonat, magniy gidroksidi, magniy oksidi, cho‘kindi kalsiy karbonat olish uchun dolomitni kompleks qayta ishlash muammosini hal qiladi.
Dolomitni kompleks termik qayta ishlash usuli maydalash, uglerod ammoniy tuzlari eritmasi bilan ishlov berish, kalsiy karbonatining cho‘kishi, filtrlash, magniy saqlovchi tuzlar eritmasini ajratish, issiqlik bilan ishlov berish, so‘ngra asosiy magniy karbonatning cho‘kishidir.