“Davlat tili toʼgʼrisida”gi Qonunning oʼrni" mavzusida matbuot anjumani oʼtkaziladi

Davlatimiz Rahbari tomonidan qabul qilingan “Oʼzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi hamda Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tomonidan bu borada olib borilayotgan ishlar toʼgʼrisida xalqimizni yaqindan tanishtirish maqsadida joriy yil 15-sentyabr kuni soat 15:00da АOKА binosida "Tilning oliy qadriyat sifatida shakllanishida “Davlat tili toʼgʼrisida”gi Qonunning oʼrni" mavzusida matbuot anjumani oʼtkaziladi. 
OАV vakillarini ushbu matbuot anjumanida ishtirok etishga taklif qilamiz!

 OʼzR FА Аxborot xizmati.