Xorazm Ma’mun akademiyasiga yaponiyalik va koreyalik arxeolog olimlar tashrif buyurdilar. Yaponiyaning Kansai universiteti olimlari Shinoxara Xirokata, Kinoshita Vataru va Koreyaning Seorabul madaniy meros instituti olimi Cha Sunchul, Chun Chu madaniy meros instituti olimi Pak Jinlar Xorazm Ma’mun akademiyasi doirasida amalga oshirilayotgan arxeologik tadqiqotlarga katta qiziqish bildirdilar. Shuningdek, olimlar Xumbuztepa yodgorligida ham bo‘lib Xorazm tarixida ushbu yodgorlikning qanchalik katta ahamiyatga ega ekanligi bilan tanishdilar. Shu bilan birga olimlar Chingiztepa, Qal’ajiq yodgorliklarini ham borib ko‘rdilar. Xorazm o‘lkasining tarixiy arxeologik yodgorliklarga boy ekanligi mutaxassislarda tariximizni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirdi. Kelajakda o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va birgalikda tadqiqotlarni amalga oshirish mamlakatlarimiz o‘rtasidagi madaniy aloqalarni kuchaytirishiga xizmat qilishini ta’kidlashdi.