O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti olimlari qattiq qotishmali qoya toshlarni buzish asboblari (burg'ulash koronkalar, dolotolar) ishini yaxshilash uchun innovatsion radiatsion texnologiyani ishlab chiqdilar.
Respublikada va xorijda ishlab chiqarilgan katta miqdordagi turli xil qimmatbaho burg'ulash vositalari intensiv foydalanilmoqda, shuning uchun qattiq qotishmali burg'ulash vositalarining ish faoliyatini yaxshilash muammosi dolzarb vazifa bo'lib, uni hal qilish burg'ulash ishlarining ekspluatatsion xarajatlarini sezilarli darajada kamaytiradi va respublikaning tog'-kon sanoati uchun juda muhim.
Radiatsiyaning past dozalarida turli xil materiallarning qattiqligi va yemirilish bardoshliligi oshadi. Ushbu hodisadan kelib chiqqan holda, shuningdek, burg'ulash vositalarini nurlantirish uchun maqbul harorat va ta'sir qilish sharoitlarini tanlandi hamda FA Yadro fizikasi instituti olimlari ba'zi burg'ulash asboblari namunalarini tog` jismlaridan o`tish yo'lini sezilarli darajada (200%) oshirishga muvaffaq bo'ldilar.
Yangi texnologiyaning afzalliklari:
Burg'ulash asboblari chidamliligini radiatsion tarzda oshirish usuli burg'ulash asbobining to'laligicha yemirilib ishdan chiqqunigacha uning yuqori darajada chidamliligini saqlaydi.
Radiatsiya usuli - burg'ulash asboblari chidamliligini radiatsion tarzda oshirish uchun energiya tejaydigan va tezkor usul hisoblanadi.
Burg'ulash asboblari chidamliligini radiatsion tarzda oshirish usuli - respublikada ishlab chiqarilgan burg'ulash asboblari sifatini sezilarli darajada yaxshilaydi.
Ushbu usul "Olmaliq KMK" va "Uranredmetgeolgiya" DUKda sinovlardan o’tkazilib, ijobiy xulosalar olindi.