O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Turdikulova Shahlo Utkurovna Fanlar akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi institutiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida institut laboratoriyalari, ilmiy tadqiqotlar bilan tanishdi, xodimlar bilan suhbatlar o‘tkazdi. Institutning lmiy ishlanmalari, asbob-uskunalar majmui, institutning ishlab chiqarish ishlanmalari bilan yaqindan tanishdi. Rahbaryat bilan uchrashuvda institutni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Vitse-prezident Shahlo Turdikulova ishlab chiqarish korxonasini rekonstruksiyalash va modernizatsiya qilish, shuningdek ilmiy ishlanmalarni joriy etishni faollashtirish bo‘yicha aniq takliflar kiritdi.