Bugun O’zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix institutida “Amir Temur-temuriylar oltin davri asoschisi” mavzusida xalqaro anjuman bo’lib o’tdi.
Markaziy Osiyo xalqlari tarixini o‘rganishda Temur va temuriylar davrini mufassal o‘rganmay turib bu mintaqaning tarixiga baho berish mumkin emas. Zero, Markaziy Osiyo xalqlari tarixida Temur va temuriylar davri mamlakatning siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy rivojlanish jarayonida ulkan ijobiy burilishlar davri bo‘lgan. Tarixga nazar tashlar ekanmiz, Movarounnahr hududida qanchadan – qancha asrlarga tatigulik voqea va hodisalar bo‘lib o‘tgan. Ammo mustabid tuzum vaqtida o‘z tariximizga bo‘lgan e'tibor sust kechgan davrdir. Shuni ham ta'kidlash kerakki, O‘zbekiston mustaqillikka erishgach o‘z tariximizni qayta o‘rganish jadallik bilan boshlab yuborildi. Xususan o‘sha mutabid yillarida “qonxo‘r”, “jallod”, “yo‘lto‘sar” deb xalq ongiga uqtirilgan. Sohibqiron Amir Temurning qanday shaxs ekanligini nafaqat bizni olimlar, balki butun dunyo olimlari isbotlab berdilar. Anjumanda shu kabi tarixning yorqin sahifalariga yana bir bor nazar tashlandi.