Аlisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud sanalari nishonlandi

OʼzR FА Temuriylar tarixi davlat muzeyida Xalqaro Аmir Temur jamoat fondi, Respublika “Nuroniy” jamgʼarmasi, Oʼzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, V.А. Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyi bilan hamkorlikda Аlisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud sanalariga bagʼishlangan “Temuriylar davrining buyuk siymolari” mavzuida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʼlib oʼtdi.

Tadbirda “Temuriylar davri ilm-fan va madaniyati”, “Ikki buyuk mutafakkir”, “Ulugʼ saltanat meʼmorlari”, “Аlisher Navoiy va Kamoliddin Behzod - maʼrifat homiylari”, “Boburnoma”dagi baʼzi tarixiy maʼlumotlar haqida”, “Аlisher Navoiy ijodining chet ellarda oʼrganilishi”, “Аlisher Navoiy ijodida fiqh”, “Temuriylar davrida yoshlar tarbiyasi” kabi mavzularda maʼruzalar tinglandi. Tadbir doirasida “Kitobxonlik viktorinasi” ham oʼtkazildi. Аlisher Navoiy va Zahriddin Muhammad Bobur ijodiga bagʼishlangan viktorina gʼoliblariga kitob-risolalar berildi.

  

Tadbir yakunida ishtirokchilar uchun muzey zallari boʼylab ekskursiya tashkil etildi.