“Аlisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur ijodiy merosi – zamonaviy ilm-fan koʼzgusida” mavzusida davra suhbati o’tkazildi

Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sanʼatshunoslik institutida “Аlisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur ijodiy merosi – zamonaviy ilm-fan koʼzgusida” mavzusida ilmiy davra suhbati oʼtkazildi.

 

Institutning Yosh olimlari kengashi tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu tadbir buyuk ajdodlarimiz Аlisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kunlariga bagʼishlandi. Taniqli navoiyshunoslar, sanʼatshunoslar hamda yosh olimlar ishtirokida oʼtgan davra suhbatida oʼzbek adabiyotining ikki buyuk namoyandasi yaratgan ilmiy-ijodiy merosning zamonaviy badiiy madaniyatimizda tutgan oʼrni, maʼnaviy-maʼrifiy ahamiyati muhokama qilindi.

Tadbir davomida taniqli navoiyshunos Ibrohim Haqqulning “Navoiy va Bobur adabiy tafakkurining jamiyat maʼnaviy kamolotidagi oʼrni”, yetakchi sanʼatshunoslar – Eldor Muxtorovning “Аlisher Navoiyning “Qush tili” dostoni teatr sahnasida”, Oqilxon Ibrohimovning “Navoiy, Bobur va maqom sanʼati” mavzularidagi maʼruzalari tinglandi. Maʼruzalar boʼyicha qizgʼin muhokamalar, savol-javoblar boʼlib oʼtdi.

Ushbu davra suhbati yosh tadqiqotchilar uchun Navoiy va Bobur ijodiy merosini yanada chuqur anglash, kelgusida bu yoʼnalishda tadqiqotlar amalga oshirishlari uchun xizmat qiladi.