Аkademik Sayyora Rashidova “Inson huquqlari himoyasi uchun” koʼkrak nishoni bilan taqdirlandi

Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti direktori, akademik Rashidova Sayyora Sharafovna “Inson huquqlari himoyasi uchun” koʼkrak nishoni bilan taqdirlandi.

Oʼzbekistonning Inson huquqlari boʼyicha birinchi vakili - Ombudsmani akademik S.Sh. Rashidova mazkur lavozimdagi 20 yillik faoliyati davomida inson huquqlari toʼgʼrisidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qilish, fuqarolarning inson huquqlari sohasidagi huquqiy madaniyatini oshirishga koʼmaklashish borasida ish olib bordi va insonlar hurmati va eʼtirofini qozondi.

Akademik Sayyora Rashidovani Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi nomidan tabriklaymiz va ularga sihat-salomatlik, uzoq-umr, mustahkam kuch-gʼayrat, ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.