Ayni paytda Buxoro davlat universitetida O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, Oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Buxoro davlat universiteti hamkorligida “Akademik o'qishlar” ilmiy seminari bo`lib o'tmoqda. O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi prezidenti Bexzod Yuldashev, Akademiya vitse-prezidenti Baxtiyor Ibragimov, Akademiya bosh ilmiy kotibi G'ayrat Baxadirov, Buxoro viloyati ilm ahli, barcha OTMlar rektorlari hamda BuxDU rahbariyati, professor-o'qituvchilar ishtirok etishmoqda.
Seminar avvalida mehmonlar Oliy ta’lim muassasalariga tegishli innovatsion ishlar ko'rgazmasining guvohi bo'lishdi.
Seminar quyidagi sho'balarda (Fizika, Matematika, Texnika, Kimyo, Biologiya, Tibbiyot, Ijtimoiy-gumanitar)da ish olib boradi.