2018-yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi bilan Turkiya jumhuriyatining Karabuk universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzolangan edi. Ana shu hamkorlik natijasi o‘laroq yaqinda Turkiya jumhuriyati Karabuk universiteti, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi hamkorligida Turkiyada turk va o‘zbek tillarida akademik Aziz Qayumovga bag‘ishlangan “Filologiya va madaniyat tadqiqotlari. Akademik Aziz Qayumovga armug‘on” kitobi chop etildi. Kitobdan akademik Aziz Qayumovning hayoti va ijodiga oid maqolalar, folklor, til, adabiyot, san’at va madaniyatga oid ilmiy maqolalar o‘rin olgan. Kitobning umumiy hajmi 1000 sahifani tashkil qiladi.