Joriy yil 11-iyun kuni OʼzR FA tashabbusi bilan Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi hamkorlikda “Аkademik bilan suhbat” onlayn loyihasi doirasida san’atshunos olim, FA akademigi Akbar Hakimov bilan “Tarixiy ong va san’at” mavzusida suhbat o`tkazildi.
Akademik Akbar Hakimov onlayn suhbat ishtirokchilariga tarixiy ong va san’at haqida atroflicha ma’lumotlar berdi. Ishtirokchilar o`zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.