O'zR FA Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi
O'zR FA Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi

Tashkil etilgan sana: О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 1-may qarori va О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 8-noyabr “Qatag‘on qurbonlarini xotirlash kunini ta’sis etish haqida”gi farmoniga muvofiq tashkil qilingan.
О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 5-may farmoniga muvofiq “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi ekspozitsiyasi yanada takomillashtirildi.
Rekvizitlar: 1001184, О‘zbekiston, Toshkent shahri, Amir Temur kо‘chasi, “Shahidlar xotirasi” Memorial kompleksi.
Tel: 244-29-40; 241-85-56
Faks: 244-29-40; 241-85-56
e-mail: museum_repression@mail.ru
Direktor: tarix fanlari doktori Hasanov Baxtiyor Vaxapovich.
Ishchilar tarkibi: fan doktori – 2, fan nomzodlari – 1, xodimlar – 43

Tadqiqotlarning asosiy yо‘nalishlari:
–    mustabid davrning fojiali hodisalarini о‘rganish, о‘lkamizda yashovchi kо‘p millatli xalqning qatag‘onlik tarixini muzey jihozlari orqali yoritib berish;
–    kutubxonalarda qatag‘on yillari tarixini yoritib beradigan, shaxsiy va davlat arxivlarida ilmiy tekshirishlarni olib borish;
–    siyosiy qatag‘on shahidlari hayoti, jamiyat, siyosiy, ilmiy, adabiy, pedagogik va davlat faoliyatini о‘rganish;
–    qatag‘on qurbonlarini xotirlash ma’naviy-ma’rifiy va tashviqot tadbirlarini о‘kazish;
–    bu davr va qatag‘on qurbonlariga bag‘ishlangan plakat, kalendar, broshyuralarni tuzish va monografiyalarni chop etish.

Fundamental tadqiqotlarning asosiy natijalari:
–    Shoir Botu va buyuk ma’rifatchi Munavvar qori Abdurashidxonovning “Saylangan asarlari” chop etildi. S.Tillaxonovning “Yodlari”, L.Aziz-zodaning” “Turkiston uyg‘onish davri tarixi”, S.Axmedovning “Vatan uchun tug‘ilganlar”;
–    “Qatag‘on 1937-1938 yy” tо‘plami materal va hujjatlarining 5 nashri chop etildi;
–    N.Karimovning “XX asr adabiyoti panoramasi” (shahid bо‘lgan yozuvchilar haqida) monografiya, “Chо‘lpon” va “Maqsud Shayxzoda” biografik romanlar, N.Karimovning “Qurbon Bereginning taqdiri”, Sh.Turdiyevning “Ular Germaniyada о‘qishgan”, S.Axmedovning “Qayum Ramazonning ushalmagan orzulari” kitoblari chop etildi.
–    B.Xasanov va N.Karimov tahriri ostida “Tarixning noma’lum sahifalari” tо‘plamining birinchi va ikkinchi kitobi chop etildi.

Amaliy ishlanmalar: Biografik ocherkli “О‘zbekiston ma’rifatchilari” portretlar seriyasini chop etishga tayyorlandi.