О‘zR FA O'zbekiston tarixi davlat muzeyi
О‘zR FA O'zbekiston tarixi davlat muzeyi

Tashkil etilish: Muzey 1876-yilda tashkil etigan. 21-aprel 1992-yil О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 203-sonli qaroriga muvofiq “О‘zbekiston xalqlari tarix muzeyi” О‘zbekiston Davlat tarixi muzeyiga aylantirildi. Rekvizitlari: О‘zbekiston, 100029, Toshkent shahri, Sharof Rashidov shohko‘chasi № Tel: 239-10-83 Faks: 239-44-25 e-mail: uzb.historymuseum@gmail.com URL: http://www. historymuseum.uz Direktor: tarix fanlari doktori Ismoilova Jannat Hamidovna Ishchilar tarkibi: fan doktorlari – 3, fan nomzodlari – 4, xodimlar – 70. Faoliyatining asosiy yо‘nalishlari: – tarixiy-madaniy merosni saqlash; – muzey buyumlari va va ularning kolleksiyalarini yig‘ish, о‘rganish va hujjatlashtirish; – ilmiy asosli konsepsiyalar ishlanmasi, tematik tuzilishi va statsionar ekspozitsiya va ko‘rgazmalarni rejalashtirish – milliy g‘oyani shakillantirish masalalarini yechimga qaratilgan keng kо‘lamdagi ma’rifiy-tarbiyaviy, original metodika va dasturlar ishlanmasi; – ilmiy-о‘quv amaliyotida muzey materialaridan foydalanish, maktab va oliygohlar uchun metodik qо‘llanmalar, ilmiy asar va ommabop nashrlar, monografiya, maqolalar tо‘plami, albom, yо‘l kо‘rsatkich, kataloglarni tayyorlash va nashr etish; – ilmiy-tadqiqotlarni о‘tkazish; – muzeyshunoslikning zamonaviy yо‘nalishlarini rivojlantirish; –О‘zbekiston tarixiy-madaniy merosi va tarixiy bilimlarni davriy nashr, radio, televideniye orqali ommaviylashtirish. О‘zbekiston xalqlarining noyob yodgorliklari orasida: – Seleng‘ur g‘ori (1,5 mln. y. miloddan oldin), Teshiktosh va Obirahmatdagi qadimgi turdagi odamning suyak qoldiqlari; – ikki boshli ilonning toshga bitilgan tasviri (Farg‘ona vodiysi, mil. old. II asr) – Termiz yaqinidagi Fayoz-tepa I-III asrlardagi buddaviy ehrom-monastiridagi “Triada” – Budda va ruhoniylarning tosh haykali va boshqa san’at buyumlari; – Buxoro hukmdorlarining alebastrdan ishlangan bezaklari I-VIII asrlar; – Afrosiyobdan topilgan devoriy rasm parchalari VII-VIII asrlar; – Oburdon qishlog‘idan topilib, muzey fondida saqlanayotgan naqshlangan yog‘och ustun X asr. Muzeyning numizmatik tо‘plami katta tarixiy qiymatga ega. Bunda mil.oldingi V asrdan boshlab XIX asrga qadar keng xronologik doirada zarb etilgan tangalar tо‘plangan. Kolleksiyada qator qadimiy tarixiy-madaniy viloyat va sulolar: Ahmoniylar, Iskandar Zulqaynar (Aleksandr Makedonskiy), Salavkiyar, Yunon-Baqtriya podsholari, Kushon, Xorazm, Sug‘diyona, Choch tangalari kо‘rsatilgan. Bundan tashqari kolleksiyada о‘rta asr Tohiriylar, Somoniylar, Qoraxoniylar, Chingiziylar, Temuriylar, Buxoro, Xiva va Qо‘qon xonligi sulolarining ko’plab tangalari mavjud. Asosiy ilmiy yutuqlar: 2003-yildan boshlab muzey xodimlari tomonidan “Yuqori ma’naviyat va madaniyatni shakllantirishda О‘rta Osiyoda madaniyat va san’at, davlatchilik ildizlari mummolarining tarixiy manbalarini tadqiq qilishda – Moddiy madaniyat buyumlarining roli” (2003-2005-yy.), “О‘sib kelayotgan avlodni Vatanga sevgi va sadoqat, milliy istiqlol g‘oyasi ruhida tarbiyalashda, muzey ekspozitsiyalarining omili” (2003-2005-yy.), “Toshkent hunarmadchiligining qadimiy va XX asrga qadar tadrijiy о‘sishi” (2009-2011-yy.) amaliy loyihalar bо‘yicha ilmiy ishlar olib borilmoqda. О‘zbekiston Respublikai Fanlar Akademiyasi fundamental tadqiqotlarni qо‘llab-quvatlash fondi muzey fondida saqlanib kelayotgan materiallar asosida О‘zbekiston moddiy tarixini о‘rganish bо‘yicha 3 ta mavzu tadqiq qilindi. “О‘zbekiston harbiy san’ati tarixi” innovatsion loyihasi bо‘yicha, 2011-yilning apreliga rejalashtirilgan va О‘zbekistonning qadimgi davrdan to XX asrga qadar harbiy san’atini yoritib beradigan albom-katalog nashrga tayyorlanmoqda. Muzey tomonidan quyidagi ilmiy risolalar: “Temuriylar sulolasining tangalari”, “XVIII-XX О‘zbekistonning sopol va metall buyumlari”, “XIX-XX asrlarda yashagan о‘zbeklarning milliy liboslari”, “Farg‘ona vodiysidagi milliy ozodlik harakatlari”, “О‘zbeklar: maishiy hayoti va madaniyati”, “Toshkent shahrining yangi qismlarining tarixi (XIX asrning 2-qismi XX asrning boshlari), “Jahon etnologiyasi asoslari”, “XIX-XX asr О‘zbekiston dо‘ppilpri”, “Amir Temur va Temuriylar davlatidagi moliyaviy siyosat va pul muomalasi. XIV-XV asrlarning 2-yarmi”, “Qadimiy davrning sehrli dunyosi”, shuningdek “О‘zbekiston – bag’rikeng davlat” о‘quv qо‘llanmasi chop etildi. 2009-yilning noyabridan 2010-yilning sentabrigacha Koreyaning milliy muzeyida (Koreya respublikasi Seul shahri) “О‘zbeksitonning qadimiy madaniyati” kо‘rgazmasi tashkil etildi va “The crossroads of civilization: Ancient Culture of Uzbekistan” chop etildi. Muzey eksponatlarining “О‘zbekiston madaniy yodgorliklarining xazinasi” tо‘rt (о‘zbek, rus, ingliz, yapon) tildagi katalogi nashrga tayyorlandi. Ommaviy axborot vositalarining nashr va chiqishlari asosida muzey eksponatlari yotadi: etnografik kolleksiyalar, О‘zbekistnonning madaniyat va maishiy hayoti, urf-odatlari, marosimlari, mahalliy aholining mashg‘ulotlari; antik va о‘rta asrlar boshlaridagi davrlarning numizmatik materiallari (tangalar), siyosiy, iqtisodiy hayotini ifodalovchi va har xil davrda hozirgi О‘zbekiston hududi tarkibiga kirgan О‘rta Osiyo hududidagi davlatchilik paydo bо‘lishi g‘oyalari; arxeologik buyumlar. Besh yil mobaynida muzeyga 350 mingdan ortiq odamlar, ulardan 35 mingi chet el sayyohlari, tashrif buyurdi. Muzey xodimlari tomonidan “Ma’mun Akademiyasining 1000 yilligiga”, “Qarshi shahrining 2000 yilligiga”, “Marg‘ilonning 2000 yilligi”, “Toshkent shahrining 2200 yillik yubileyi”ga bag‘ishlangan maxsus kо‘rgazmalar va boshqa kо‘plab tadbirlar uyushtirildi. Bugungi kunda О‘zbekistonning qadimgi davrdan hozirga qadar tarixini yoritib beruvchi ekspozitsiya va kо‘rgazmalar bazasi negizida turli toifadagi tashrif buyuruvchilar bilan keng ko’lamdagi ilmiy-ma’rifiy, shuningdek, yubiley va xotira sanalariga bag‘ishlangan ishlar olib borilmoqda.