Yagona aloqa raqami
+(99871) 200-00-36
Ishonch telefoni
+(99871) 233-56-23
Murojaat yozish
Jismoniy va yuridik shaxslar uchun
Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari
307ta murojaat kelib tushdi
287ta murojaat ko'rib chiqildi
13ta murojaat ko'rilish jarayonida
7ta murojaat rad etildi
16.06.2017 holati bo'yicha

Onlayn maslahat

  1. Fanlar akademiyasining maqsadi:

    tabiiy, texnikaviy va ijtimoiy-gumanitar fanlar sohalarida ilmiy tadqiqotlar olib borish;

    fanning ta’lim va ishlab chiqarish bilan integratsiyasi mexanizmlarini mustahkamlash va rivojlantirish;

    iqtisodiyot tarmoqlari va respublika mintaqalari ehtiyojlarini hisobga olgan holda fan va texnologiya rivojlanishining ustuvor yo’nalishlari, davlat ilmiy-texnikaviy dasturlarini shakllantirish bo’yicha takliflar ishlab chiqish;

    jahon va mamlakatimiz fani yutuqlarini o’rganish va tahlil qilish, ulardan O’zbekiston Respublikasi manfaatlari yo’lida foydalanish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqish;

    mamlakatimiz fani, ilmiy salohiyati, fan-texnika sohasida erishilgan yutuqlarni targ’ib va tashviq qilish;

    Fanlar akademiyalari, chet davlatlarning ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va fondlari bilan xalqaro hamkorlikni amalga oshirish, xalqaro ilmiy forum va anjumanlarni tashkil etish va o’tkazishda qatnashish;

    Fanlar akademiyasi tashkilotlarining ilmiy salohiyati va moddiy-texnika bazasidan foydalanib yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda ishtirok etish.

    Fanlar akademiyasi o’ziga yuklangan masalalarni hal etish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

    a) ilmiy tadqiqotlar olib borish sohasida:

    fan, texnika va innovatsion rivojlanish sohasida davlat va boshqa turdagi dastur va loyihalarni amalga oshirishni ta’minlaydi;

    davlat va jamiyatni ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy-ma’rifiy va ma’naviy-axloqiy rivojlantirishga yo’naltirilgan tabiiy, texnikaviy, tibbiy, qishloq ho’jaligi, ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasida ilmiy tadqiqotlar olib boradi;

    tabiat, jamiyat va insoniyat, sun’iy yaratilgan ob’ektlar taraqqiyoti, millatlar, milliy madaniyatlar, davlat va milliy munosabatlarning rivojlanish muammolari va jarayonlari, ta’lim va ma’rifat masalalarini tadqiq etadi, amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida ushbu yo’nalishlarga oid masalalarning yechimi bo’yicha takliflar ishlab chiqadi;

    yangi texnika, zamonaviy texnologiyalar va ulardan amaliyotda foydalanish tamoyillarini ishlab chiqadi;

    olimlar va ilmiy tadqiqot olib borayotgan jamoalarning ilmiy asarlarini tezkorlik bilan e’lon qilish maqsadida noshirlik faoliyatini amalga oshiradi, Fanlar akademiyasining davriy nashrlarini tayyorlash va chop etish ishlarini ta’minlaydi, Fanlar akademiyasining davriy nashrlari tahririyati tarkibiga xorijiy olimlarni jalb etadi va ularning faoliyatini tashkillashtiradi;

    ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish va amalga oshirish hamda Fanlar akademiyasiga bo’ysunadigan ilmiy-tadqiqot muassasalari, shuningdek o’z tasarrufidagi muassasalarda faoliyat yuritayotgan ilmiy xodimlar va mutaxassislarning samarali faoliyatini ta’minlaydi;

    belgilangan tartibda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Fanlar akademiyasi tarkibiga kiruvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari, ularning filiallari va boshqa tashkilotlarni tashkil etish, qayta tashkil qilish va tugatish bo’yicha takliflar kiritadi;

    ilmiy-texnikaviy muammolar va o’tkazilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari bo’yicha tanlovlar tashkil qiladi;

    b) fanning ta’lim va ishlab chiqarish bilan integratsiyasi mexanizmlarini mustahkamlash va rivojlantirish bo’yicha:

    fan, ta’lim, ishlab chiqarish integratsiyasi jarayonlari va tarmoq ilmiy-tadqiqot muassasalari va ishlab chiqarish tashkilotlari, oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari, davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, joylardagi davlat hokimiyati organlari, ilmiy va ilmiy-texnik jamiyatlar, ijodiy birlashmalar va boshqa tashkilotlar bilan o’zaro manfaatli ilmiy hamkorlikni rivojlantiradi va takomillashtiradi;

    Fanlar akademiyasining ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda tarmoq ilmiy-tadqiqot muassasalarini yosh iqtidorli kadrlar bilan to’ldirish va yoshiga ko’ra faoliyatini to’xtatayotgan ilmiy xodimlarning tabiiy almashinuvini ta’minlash uchun yosh mutuxassislarni tayyorlash maqsadida Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalari va tarmoq ilmiy-tadqiqot muassasalari o’rtasida yaqindan aloqa va hamkorlikning yo’lga qo’yilishini ta’minlaydi;

    Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining ilmiy-o’quv markazlari va oliy ta’lim muassasalari bilan qo’shma kafedralari bazasida sohaviy mutaxassisliklar bo’yicha magistr va bakalavrlarning chuqurlashtirilgan ilmiy tayyorgarligini tashkil etadi;

    Fanlar akademiyasining ilmiy-tadqiqot muassasalari va oliy ta’lim muassasalarining sohaviy fakultetlari bazasida oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlari hamkorlikda fundamental va amaliy tadqiqotlar olib boradigan idoralararo ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarini tashkil etadi;

    Fanlar akademiyasining akademiklari va yetakchi olimlari tomonidan sohaviy oliy o’quv yurtlarida ma’ruza mashg’ulotlari o’tkazilishini, fan doktori ilmiy darajasi va PhD talabgorlariga hamda magistrlarning ilmiy ishlariga rahbarlikning amalga oshirilishini ta’minlaydi;

    shakllantirilayotgan innovatsion va (yoki) ilmiy-texnologik tuzilmalar (texnoparklar, innovatsion markazlar va boshqalar) faoliyatining ilmiy-uslubiy ta’minotida ishtirok etadi;

    intellektual mulk ob’ektlaridan va ilmiy ishlanmalar natijalaridan foydalanish va ularning tijoratlashuvi samarali mexanizmlarini ishlab chiqishda ko’maklashadi;

    fanning moddiy bazasi va ijtimoiy ta’minotini rivojlantirishga, fan, ta’lim va ishlab chiqarish o’rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga, integratsiya mexanizmlarini takomillashtirishga, fanning innovatsion salohiyatini samarali ishga solishga doir takliflarni O’zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritishda tashabbus ko’rsatadi va ularni ishlab chiqishda bevosita ishtirok etadi;

    davlat tomonidan ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalari, shuningdek olingan natijalar va innovatsion ishlanmalarni joriy qiladigan va ulardan foydalanadigan tashkilotlarga beriladigan preferensiya va imtiyozlardan foydalanish mexanizmlarini takomillashtirish va ularning samaradorligini oshirish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqishda ishtirok etadi;

    v) respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va mintaqalarining ehtiyojlarini hisobga olgan holda fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlarini, davlat ilmiy-texnikaviy dasturlarini shakllantirish bo’yicha quyidagi yo’nalishlarda takliflar ishlab chiqish sohasida:

    istiqbolli ilmiy tadqiqotlarning davlat va boshqa ilmiy-texnikaviy dasturlarni;

    mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish davlat dasturlarini (ilmiy-uslubiy ekspertiza va dasturlarni amalga oshirishning maqsadga muvofiqligini asoslash);

    jamiyat va davlat taraqqiyotini ta’minlovchi ilmiy tadqiqotlar va ilg’or texnologiyalarning ustuvor va istiqbolli yo’nalishlarini rivojalantirish strategiyasini;

    ilmiy-tadqiqot muassasalarining ilmiy tadqiqotlari va ilmiy-innovatsion faoliyatini budjetdan va belgilangan tartibda jalb etilgan budjetdan tashqari manbalardan moliyalashtirilishining samarali mexanizmlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;

    g) dunyo va vatanimiz fani yutuqlarini o’rganish va tahlil qilish, ulardan Uzbekiston Respublikasi manfaatlari yo’lida foydalanishga doir tavsiyalar ishlab chiqish sohasida:

    dunyo fani va texnikasi yutuqlarini umumlashtiradi va foydalanishga tavsiya etadi, ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatiga xorijiy va ichki investitsiyalarning jalb etilishini va ulardan oqilona foydalanilishini ta’minlaydi;

    iqtisodiyotning imliy hajmdor tarmoqlarini rivojlantirish va Fanlar akademiyasi tasarrufidagi ilmiy muassasalar bazasida ilmiy hajmdor ishlab chiqarishni tashkil etishga ko’maklashadi;

    Fanlar akademiyasida yaratilgan “nou-xau” va boshqa intellektual mulk ob’ektlarining o’z vaqtida patentlanishida, shu jumladan, xalqaro patentlar olishida ko’maklashadi, himoya qiladi va ulardan o’z faoliyatida qonunchilikka mos ravishda foydalanadi;

    d) mamlakatimiz ilm-fani yutuqlari, ilmiy bilimlar, fan va texnikani ommalashtirish va targ’ib etish sohasida:

    mamlakatimizdagi va chet ellik olimlarning yangi ilmiy yutuqlari, shuningdek, o’tmishda yashab o’tgan mutafakkirlar va olimlarning boy ilmiy merosini ommalashtirish orqali ilmiy bilimlarni tarqatadi;

    fan va ta’limning jamiyat hayotidagi nufuzi va ahamiyatini oshirish, ilmiy xodimlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va ularning huquqlarini ta’minlashga doir tadbirlarni amalga oshiradi;

    Fanlar akademiyasining taniqli olimlar sharafiga va ularning nomi bilan ataluvchi mukofotlarini ta’sis etish bo’yicha belgilangan tartibda takliflarni kiritadi va bu mukofotlarni yuksak ilmiy va ilmiy-texnik yutuqlarga erishgan olimlar hamda ijodiy jamoalarga beradi;

    ilmiy-tadqiqotlarning eng muhim yo’nalishlari bo’yicha ilmiy kengashlar, jamiyatlar va boshqa birlashmalarni tashkil etadi, ularning samarali ishlashini ta’minlaydi hamda ilm-fanni rivojlantirishda ularning imkoniyatlaridan keng foydalanadi;

    e) xorijiy mamlakatlarning Fanlar akademiyalari, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va fondlari bilan xalqaro hamkorlikni amalga oshirish, ilmiy kadrlar tayyorlash, xalqaro, respublika ilmiy forumlari va konferensiyalarini tashkil etish va o’tkazishda ishtirok etish sohasida:

    xorijiy mamalakatlar Fanlar akademiyalarining ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalari bilan, jumladan qo’shimcha ilmiy loyihalarni bajarish orqali xalqaro ilmiy-texnik hamkorlikning samarali shakllari va yo’nalishlarini rivojlantiradi;

    doktorantura dasturlari doirasida ilmiy kadrlarning, shu jumladan, Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalaridagi yosh olimlarning xorijdagi yetakchi ilmiy va ta’lim muassasalarida o’qishini, stajirovkasini, malakasini oshirishni tashkil etadi;

    o’zaro tajriba almashish, ish usullari va yangi ilmiy-tadqiqotlarni yo’lga qo’yish hamda yosh ilmiy kadrlarni tayyorlash uchun yetakchi xorijiy olimlarning jalb etilishini ta’minlaydi;

    xorijiy ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikdagi ilmiy tadqiqotlarni bajarish uchun xorijiy tashkilotlar va jamg’armalarning xalqaro ilmiy grantlarini talab etilishini ta’minlaydi;

    dolzarb ilmiy-texnik muammolar hamda buyuk mutaffakirlar, mashhur fan va adabiyot arboblari sharafiga bag’ishlangan xalqaro ilmiy, ilmiy-texnik kongresslar, konferensiyalar, simpoziumlar, seminarlarni tashkil etish va o’tkazishda, shuningdek, xalqaro ilmiy jurnallarning tahrir hay’atlari ishlarida ishtirok etadi;

    j) Fanlar akademiyasi muassasalarining ilmiy salohiyati va moddiy-texnika bazasidan foydalangan holda yuqori malakali kadrlar tayyorlashda ishtirok etish sohasida:

    yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlashga doir ishlarni olib boradi, olimlarning ijodiy faoliyati uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlaydi;

    Fanlar akademiyasining ilmiy va moddiy-texnika bazasidan foydalangan holda ilmiy-tadqiqotlarni tashkil etish va o’tkazishga fan tarmoqlari bo’yicha yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlashda tarmoq ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalariga ko’maklashadi;

    oliy ta’lim muassasalarining professor-o’qituvchilar tarkibi malakasini oshirishni tashkil etishda ishtirok etadi.

  2. О‘zbekiston Respublikasining 1991-yilda mustaqillikka erishishi mamlakatning tarixiy rivojlanishida yangi bosqich ochgan muhim voqea bо‘ldi. 1992-yilda qabul qilingan О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, О‘zR FA akademigi Islom Karimovning chiqishlari va asarlarida kо‘rsatilgan mazmun va xulosalarga muvofiq mamlakatning barcha imkoniyatlardan foydalanib va har tomonlama rivojlantirish asosida suverenitetini mustahkamlash va xalq hayotini siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ma’naviy sohalarda tubdan yangilashga qadam qо‘yildi.  Bu va boshqa muhim masalalarni yechishda 1943-yil noyabr oyida tashkil qilingan О‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi faol ishtirok etadi. О‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi katta tarixga ega va uning hisobida fanning turli yо‘nalishlari bо‘yicha yuzlab yirik muvaffaqiyatlar mavjud. Fanlar akademiyasining ilmiy muassasalarida nomlari О‘zbekistondan tashqarida ham mashhur bо‘lgan olimlarning katta jamoasi mehnat qiladi. Davlat tomonidan belgilangan vazifalar hamda fanning ahamiyatidan kelib chiqib О‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi zarur fundamental va amaliy dasturlar, innovatsion loyihalar ishlab chiqadi, fanning о‘ta muhim yо‘nalishlarini aniqlash va ishlab chiqishda qatnashadi, о‘ziga qarashli muassasalarda tuzilish va tashkiliy masalalarni hal qiladi. О‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi quyidagi vazifalarni bajaradi:

     - tabiiy, texnik, tibbiyot, ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlar о‘tkazadi va shu orqali jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy rivojiga kо‘maklashadi; 

    - davlat siyosatining fan sohasida bajarilishini ta’minlaydi; 

    - tabiatning rivojlanishi, jamiyat va inson, millatlar munosabati va millatlar madaniyati, davlatlar va xalqlar, ma’naviyat va maorif masalalarining rivoji kabi dolzarb muammolarni о‘rganadi;

     - texnikaning yangi turlari va zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqadi va ishlab chiqarishga joriy qiladi;

     - iqtisodiyotning ilmiy yutuqlari mujassamlashgan sohalari rivojiga yordamlashadi, jahon fani va texnikasining yangi yutuqlarini о‘rganadi va ulardan keng foydalanadi; 

    - yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlaydi, о‘zbek olimlarining unumli ijodiy faoliyat olib borishlari uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib beradi;

     - fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasining yuqori samaraga erishishiga kо‘maklashadi; 

    - akademiyalar, universitetlar, ilmiy muassasalar, jamg‘armalar va xorij mamlakatlarining о‘xshash tashkilotlari hamda xalqaro ilmiy tashkilotlar bilan hamkorlikni tashkil qiladi va xalqaro aloqalar rivojlanishiga kо‘maklashadi. Fanlar akademiyasining oliy boshqaruv organi о‘z tarkibida haqiqiy a’zolar (akademiklar)ni va О‘zR FA ilmiy-tadqiqot muassasalarining direktorlarini jamlagan yalpi majlisdir. Yalpi majlis bir yilda kamida bir marotaba chaqiriladi. Yalpi majlis oralig‘idagi davrda Akademiya faoliyatini Hay’at boshqaradi. Hay’at tarkibiga О‘zR FA prezidenti, Bosh ilmiy kotib, fan yо‘nalishlari bо‘yicha vitse-prezidentlar va О‘zR FA mintaqaviy bо‘limlari raislari kiradi. Nizomga kо‘ra, О‘zR FA prezidentligiga nomzod umumiy yig‘ilishga О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan tavsiya qilinadi. О‘zR FA Prezidenti Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zolari orasidan ochiq ovoz berish orqali kо‘pchilik ovoz bergan holda saylanadi. Fanlar akademiyasi tarkibiga ilmiy yо‘nalishlari bо‘yicha tashkiliy jihatdan uch majmuaga bо‘lingan 28 ta ilmiy-tadqiqot muassasalari va 4 ta davlat muzeylari kiradi: fizika-matematika va texnik fanlar; kimyo-biologiya fanlari va yer haqidagi fanlar; ijtimoiy-gumanitar fanlar; 2 mintaqaviy bо‘lim – Qoraqalpog'iston va Xorazm Ma’mun akademiyasi. Hozirgi paytda О‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tizimida 4793 dan ortiq ilmiy xodim faoliyat olib boradi. Ulardan - 73 nafari akademik, 281 tasi fan doktori va 745 tasi fan nomzodi. Bugungi kunda Fanlar akademiyasining akademiklari va yetakchi olimlari fan, ta’limning turli sohalarida faoliyat olib bormoqda. О‘zbekiston Respublikasi xalqaro hamkorlikda faol qatnashadi. Jahonning 40 dan ortiq mamlakatlari, universitetlari, ilmiy tashkilotlari, jamiyatlari, muassasalari bilan aloqa о‘rnatilgan va hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borilyapti. Buyuk Britaniya Qirollik Jamiyati, Rossiya Fanlar akademiyasi, Ukraina Milliy Fanlar akademiyasi, Belorus Milliy Fanlar akademiyasi, Xitoy Fanlar akademiyasi, Mо‘g‘iliston Fanlar akademiyasi, Misr ilmiy tadqiqotlar va texnologiyalar akademiyasi va boshqa mamlakatlarning fanlar akademiyalari bilan hamkorlik tо‘g‘risida ikki tomonlama shartnomalar imzolangan. О‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi о‘z tarkibiga 15 ta mamlakatning milliy akademiyalarini jamlagan Xalqaro Fanlar akademiyalari assotsiatsiyasi (XFAA) ta’sischilaridan biridir. Ilmiy-texnik hamkorlikni kengaytirish, bu jarayonga о‘zbek olimlari yaratgan yangi texnologiyalarni kiritish hamda ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etish maqsadida Fanlar akademiyasi “Telecom” (Malayziya), “Sandoz-Aqro” (Shveysariya), “Latoksan” (Fransiya), “EH Technoloqu Incorponation” (Koreya), “Chemotnade GmbH” (Germaniya) va boshqa mashhur xorijiy firma va kompaniyalar bilan hamkorlik о‘rnatgan. О‘zR FA muassasalari tomonidan ikki tomonlama ilmiy va ilmiy-texnik hamkorlik tо‘g‘risidagi 26 ta xalqaro shartnomalar imzolangan.

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FANLAR AKADEMIYASINING 70 YILLIGI

    O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi 1943 yil 4 noyabrda tashkil etilgan.

    O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi (O‘zR FA) 70 yillik faoliyati davomida mamlakatning eng yirik, obro‘li va ahamiyatga molik ilmiy tashkiloti bo‘lib kelmoqda. O‘zR FA: keng miqyosli fundamental va amaliy tadqiqotlar;  respublika uchun ustuvor ilmiy-texnik dasturlar va innovatsion loyihalar; yuqori malakali ilmiy kadrlarni tayyorlash;  tadqiqotlar natijalari va innovatsion texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish kabi ishlarni amalga oshiradi. Bu esa mamalakatning ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnik va madaniy salohiyatini oshirish imkoniyatini beradi.

    Fanlar akademiyasi tashkil etilishining dastlabki bosqichlarida  ilmiy salohiyat, asosan, shakllantirilgan – ilg‘or ilmiy maktablar, ko‘plab ilmiy-tadqiqot institutlari va bir qator  noyob ilmiy majmualar va ob’ektlar tashkil etilgan edi. Ammo akademik fan ko‘p hollarda O‘zbekiston uchun dolzarb bo‘lmagan muammolarni hal qilishga qaratilgan edi.

    O‘zbekistonning mustaqillikka erishuvi akademik fanning taraqqiyotida yangi, jo‘shqin davrni boshlab berdi, uni yangilanish va rivojlanishning sifat jihatdan yangi bosqichiga ko‘tardi. Bu fan va texnika sohasidagi yangi tarixiy hodisalar talablariga javob beradigan izchil davlat siyosatini ishlab chiqish va hayotga tatbiq etish evaziga amalga oshirildi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov va respublika hukumatining fan sohasiga aloqador o‘nlab farmon va qarorlari qabul qilindi, ular nafaqat to‘plangan ilmiy bilimlarni saqlab qolish va qo‘llab-quvvatlash, balki uni bevosita respublikani rivojlantirishning dolzarb ilmiy-texnik muammolarini hal qilishga yo‘naltirish imkonini berdi.

    O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi davrida O‘zR FAda o‘tkazilgan tub islohotlar respublika uchun ustuvor ilmiy yo‘nalishlarni shakllantirish, ilmiy muassasalar loyihalarini davlat dasturlari doirasida moliyalashtirishning tanlov-grant tizimiga o‘tish va yangi sharoitlarda tadqiqotlar olib borish, ilmiy kadrlarni tayyorlash imkoniyatini berdi.

    Bugungi kunda O‘zR FA tarkibida 32 ta muassasa mavjud (23 ta yirik institut, idoralararo ilmiy markaz, MKTB, to‘rtta muzey, ikkita institutdan iborat Qoraqalpog‘iston mintaqaviy bo‘limi va Xorazm Ma’mun akademiyasi). O‘zR FAning kadrlar tarkibi iqtidorli yosh tadqiqotchilarning yangi avlodi hisobiga sifat jihatdan yangilandi. Respublika akademik fanining eng sara tarkibi akademiyaning 80 nafar haqiqiy a’zolaridan iborat. Tadqiqotlar 5200 nafar xodim, shu jumladan, 370 fan doktori va 900 fan nomzodi tomonidan olib borilmoqda, 200 nafar katta ilmiy xodim-tadqiqotchi ta’lim olmoqda.

    O‘zR FAda mamlakatni rivojlantirish vazifalari talablariga javob bera oladigan yangi muassasalar tashkil etildi:

    - gen texnologiyalari yordamida paxta, bug‘doy va boshqa o‘simliklarning transgen navlarini olishga mo‘ljallangan Genetika instituti va Idoralararo genomika va bioinformatika markazi;

    - 1000 kVt quvvatli Katta quyosh pechi va o‘ta toza hamda issiqbardosh materiallar olishning yangi yuqori haroratli texnologiyalariga ega Materialshunoslik instituti;

    - Xalqaro quyosh energiyasi instituti; bu institut Osiyo taraqqiyot banki hamkorligida tashkil etilgan bo‘lib, quyosh energetikasi hamda maishiy va ishlab chiqarish maqsadlariga mo‘ljallangan noan’anaviy energiya manbalari bo‘yicha tadqiqotlar olib boradi;

    - Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti; bu institut faoliyati mahalliy ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun yangi texnologiyalar va materiallarni yaratishga qaratilgan;

    - Toshkent shaxri va Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi botanika bog‘lari, gerbariy  va boshqalarni o‘z ichiga oluvchi O‘simlik va hayvonot olami genofondi instituti;

    - Amir Temur va temuriylar davri tarixiy va madaniy merosi sohasida boy materialga ega bo‘lgan Temuriylar tarixi davlat muzeyi;

    - Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi; bu muzeyning vazifasi mamlakat tarixining murakkab davridagi qatag‘on qurbonlari xotirasini hujjatlarda abadiylashtirishdan iborat;

    - O‘zR FAning mintaqaviy bo‘limi sifatida Xorazm Ma’mun akademiyasi qayta tiklandi.

    - Sharqshunoslik institutining noyob fondi kundan kunga boyib bormoqda. U 60 mingdan ziyod qadimiy qo‘lyozmalar, toshbosma va boshqa kitoblardan iborat bo‘lib, YuNESKO ning madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan.

    O‘zR FA olimlari jahon ahamiyatiga ega bo‘lgan bir qator fundamental natijalarga erishdilar:

    - betakror astroiqlimiy sharoitlarga ega bo‘lgan, baland tog‘ sharoitida joylashgan Maydanak rasadxonasida astronomlar yangi sayyorani kashf etib, uni Mirzo Ulug‘bekning butun dunyoga mashhur Samarqand astronomiya maktabi xizmatlari sharafiga “Samarqand” nomi bilan atashdi;

    - yadrolarning bo‘linish nazariyasi, shu jumladan, uran yadrolarining magniy izotopi hosil bo‘ladigan uch kaskadli bo‘linishi rivojlantirildi.

    - yuqori kontsentratsiyalangan quyosh nurlanishi yordamida yuqori o‘tkazuvchanlik harorat bilan o‘ta o‘tkazuvchanlik holatiga o‘tadigan materiallar olindi;

    - yarimo‘tkazgichli uzluksiz qattiq eritmalarning yangi sinfi mavjudligi haqidagi kontseptsiya isbotlandi va ularni hosil qilish mexanizmlari ishlab chiqildi;

    - supramolekulyar kimyo sohasidagi yangi hodisa – ma’lum klatrat polimorf modifikatsiyalari tuzilishining ularning hosil bo‘lish sharoitlariga bog‘liqligi kashf etildi;

    - “Shpringer” (London) nashriyoti tomonidan ingliz tilida 10 jildli “Tabiiy birikmalar” nomli noyob ilmiy-amaliy ma’lumotnoma  tayyorlandi va nashr etildi.

    - gen-nokaut texnologiyasi asosida paxtaning noyob transgen navi kashf qilindi (tezpishar, sho‘rga chidamli, hosildorligi yuqori, sifatli tola);

    - inshootlar va binolar seysmobardoshligining mintaqaviy seysmik va konstruktsion xususiyatlarini hisobga oluvchi dinamik nazariyasi yaratildi;

    - geologiyadagi yangi yo‘nalish – statistik metallogeniya asoslari yaratildi;

    - zilzilalarga tayyorlanish jarayonining 4 bosqichli geofizik modeli yaratildi va O‘zbekiston hududi seysmik jihatdan rayonlashtirildi;

    - 2 jildli O‘zbekiston Qizil kitobi (flora va fauna) tayyorlandi va nashr etildi;

    - arxeologlarimiz O‘zbekiston hududida qadimiy madaniyat o‘choqlarini qidirib topishda mislsiz kashfiyot yaratishdi va zamonaviy inson shakllanishida Markaziy Osiyo mintaqasi ilgaridan ma’lum bo‘lgan jahon markazlari (Mesopotamiya, Bobil, Xitoy va b.) qatoriga kirishini isbotlashdi;

    - tarixchilar O‘zbekiston hududida davlatchilik taraqqiyotining asosiy tarixiy bosqichlarini ishonarli tarzda belgilab, ularni tavsiflab berdilar;

    - tilshunoslar o‘zbek tilining rivojlanishiga va unga davlat tili maqomi berilishiga katta xissa qo‘shishdi va bir qator turli mavzulardagi lug‘atlar tayyorlab, chop etishdi;

    - adabiyotshunoslar badiiy ijodning taraqqiyot aspektlarini ishlab chiqishdi va butun dunyoga mashhur bo‘lgan o‘zbek ijodkorlari – Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqalarning ko‘p jildli asarlarini chop etishdi;

    - san’atshunoslar Movarounnahr me’morchiligining rivojlanish bosqichlari va evolyutsiyasi sabablarini aniqladilar va qadimiy O‘zbekiston badiiy madaniyatini 4 bosqichli qilib davrlashtirishni asoslab berdilar.

    So‘nggi yillarda innovatsion loyihalar soni 6 baravardan oshdi va ular asosida yangi samarali mahalliy innovatsion texnologiyalar ishlab chiqildi;

    - kimyo sanoati tomonidan yaxshi o‘zlashtirilgan va mahalliy xomashyo asosida yuqori samarali o‘g‘itlar olishning yangi texnologiyalari yaratildi; bu o‘g‘itlar katta hajmda eksport qilinmoqda;

    - samarali yadro texnologiyalari, ular asosida bir qator mahalliy radiopreparatlar va radiatsion bo‘yalgan tabiiy kristallar ishlab chiqarish va ularni eksport qilish yo‘lga qo‘yildi;

    - yangi texnologiyalar va mahalliy xomashyo asosida 30 dan ziyod mahalliy dori vositalari yaratildi va farmatsevtika sanoati tomonidan o‘zlashtirildi;

    - ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlikda yaratilgan “Djet A-1” yuqori markali aviatsiya yonilg‘isini olish texnologiyasi va “Boing”, “Aerbas” laynerlari uchun uning sanoat turini ishlab chiqish;

    - 5 kVt gacha bo‘lgan kombinatsiyalashgan Stirling dvigatellari yaratildi (Litsenziya AQShga sotildi);

    - paxtaning 35 ta yuqori hosildor navi yaratildi va paxtachilikka tatbiq etildi;

    - paxtaning kapsulalangan urug‘larini tayyorlash, uning o‘sish xususiyatlarini mustahkamlash, paxta terimi oldidan defoliatsiya qilish uchun kimyoviy vositalar, paxta zarakunandalari bilan kurashish uchun feromon vositalar va paxta terish texnikasi yaratildi.

    O‘zR FA 20 dan ortiq ilmiy jurnallar, shu jumladan “Geliotexnika” va “Tabiiy birikmalar kimyosi” nomli 2 ta xalqaro jurnal hamda “Fan va turmush” ilmiy-ommabop jurnalini nashr qiladi.

    O‘zR FA YuNESKO, MAGATE, MAAN, TWAS xalqaro tashkilotlari va Rossiya, Ukraina, Belarusь va boshqa MDH mamlakatlari, Xitoy, Janubiy Koreya va boshqa davlatlar fanlar akademiyalari bilan samarali hamkorlik ishlarini olib bormoqda. Ilg‘or xorijiy markazlar va universitetlar bilan ikki tomonlama aloqalar amalga oshirilmoqda.

    Fanlar akademiyasi prezidentlari

    Кары-Ниязов Ташмухамед Ниязович
    Сарымсаков Ташмухамед Алиевич
    Захидов Тиша Захидович
    Абдуллаев Хабиб Мухамедович
    Арифов Убай Арифович
    Садыков Абид Садыкович
    Хабибуллаев Пулат Киргизбаевич
    Салахитдинов Махмуд Салахитдинович
    Абдуллаев Джура Абдуллаевич
    Джураев Тухтамурад Джураевич
    Арипов Тахир Фатыхович
    Салихов Шавкат Исмаилович
    Юлдашев Бехзод Садыкович
  3. Фанлар академиясининг шахсий таркибига ҳақиқий аъзолари (академиклар) ва унинг хорижий аъзолари киради.

    Фанлар академиясининг ҳақиқий аъзолари (академиклар) номзодларни танлаб олиш натижалари асосида Фанлар академияси Президиуми ва Фанлар академияси академикларининг тегишли илмий ихтисосликлар бўйича тавсиясига биноан Ўзбекистан Республикаси Президенти томонидан, белгиланган тартибда бир умрга тасдиқланади.

    Fanlar akademiyasining akademiklari ilm-fanni jahon andozalari talablari darajasida yuksak ilmiy ahamiyatga ega bo’lgan ilmiy ishlar bilan boyitgan, ilmiy jamotchilik tomonidan tan olingan ilmiy maktab yaratgan, ilmiy yutuqlari mamlakatning intellektual va iqtisodiy salohiyatini rivojlantirish va kuchaytirishga javob beradigan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari bo’lgan fan doktorlaridan saylanadi.

  4. Fanlar akademiyasining xorijiy a’zolari ilmiy yutuqlari jahon va mamlakat ilm-fani, O’zbekiston Respublikasi xalq xo’jaligi va madaniyati rivojiga ijobiy ta’sir ko’rsatgan, xalqaro hamkorlikka, tinchlik, barqarorlik ishiga va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga salmoqli hissa qo’shgan xorijiy fuqarolardan saylanadi.

  5. O’zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Prezidentining farmoni 05.03.1991 y. PF-149 «O’zbekiston SSR Fanlar akademiyasining maqomi to’g’risida». Farmonda fan-texnika siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda O’zbekiston SSR Fanlar akademiyasining o’rni va ahamiyatini kuchaytirish, fundamental tadqiqotlarning saviyasi uchun mas’uliyatni oshirish, ilmu-fan salohiyatini saqlab qolish va boyitish hamda erkin va samarali ilmiy ijodkorlik uchun zamonaviy tashkiliy tuzilishni vujudga keltirish kabi vazifalar belgilab qo’yilgan.

    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni 18.02.1992 y. PF-345 «O’zbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat komiteti(O’zbekiston Respublikasi FTDK)ni tashkil qilish to’g’risida». Ushbu farmonga binoan, fan va texnika sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishda respublikaning ilmiy quvvatidan samarali foydalanish, fan va ishlab chiqarishning hamkorlik vositasini shakllantirish, patent-litsenziya va ilmiy axborot faoliyatini takomillashtirish, xalqaro ilmiy texnikaviy hamkorlikni rivojlantirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi FTDK tashkil etilgan.

    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni 04.05.1992 y. PF-394 «Fan va texnika sohasida Abu Rayhon Beruniy nomidagi davlat mukofotini ta’sis etish to’g’risida». Unga muvofiq 1992 yil yuqori ilmiy-texnik yutuqlarni qo’lga kiritgan bir qator olimlar O’zbekiston Respublikasining Davlat mukofoti bilan taqdirlandilar.

    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni 08.08.1992 y. PF-438 «Ilm-fanni davlat yo’li bilan qo’llab-quvvatlash va innovatsiya faoliyatini rivojlantirish to’g’risida». Fan-texnika imkoniyatlarini kuchaytirish, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning dolzarb muammolarini hal etishda fanning ahamiyatini oshirish hamda muhim tadqiqotlar va innovatsiya jarayonlari kengaytirilishini davlat yo’li bilan qo’llab-quvvatlash maqsadida Ilmiy-tadqiqot institutlarida va oliy o’quv yurtlarida xo’jalik shartnomalari asosida bajariladigan ilmiy-tadqiqot ishlari, shuningdek innovatsiya ishlariga soliq imtiyozlariga ega bo’ldilar.

    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni 26.12.1995 y. PF-1333 «1996 yilni "Amir  Temur yili" deb e’lon qilish to’g’risida». Farmonga binoan, buyuk davlat arbobi Amir Temur tug’ilgan kunning 660 yilligi munosabati bilan mamlakatimizning barcha hududlarida yirik bayram tadbirlari o’tkazildi, shuningdek, Fanlar akademiyasi tarkibiga kiruvchi Temuriylar tarixi Davlat muzeyi qurib bitkazildi va foydalanishga topshirildi.

    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni 28.08.1996 y. PF-1551 «Respublika fan va texnika sohasi bo’yicha Beruniy (Abu Rayhon Beruniy) nomidagi Davlat mukofotini ta’sis etish to’g’risida». Unga muvofiq 1996 yil yuqori ilmiy-texnik yutuqlarni qo’lga kiritgan bir qator olimlar O’zbekiston Respublikasining Davlat mukofoti bilan taqdirlandilar.

    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni 11.11.1997 y. PF-1880 «Xorazm Ma’mun Akademiyasini qaytadan tashkil etish to’g’risida». Ushbu farmonga asosan, Xorazm Ma’mun akademiyasi O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining mintaqaviy bo’limi sifatida qayta tiklandi.

    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni 1.05.2001 y. PF-2837 «Qatag’on qurbonlarini yod etish kunini belgilash to’g’risida». Farmonga muvofiq mamlakatimiz bo’ylab tadbirlar tashkil etildi va ushbu xujjat asosida 2002 yili Fanlar akademiyasi tarkibida “Qatag’on qurbonlari xotirasi” muzeyini tashkil etish to’g’risida hukumat qarori qabul qilindi.

    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni 20.02.2002 y. PF-3029 «Ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish to’g’risida». Ushbu farmon asosida ilmiy va texnologik salohiyatini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit yaratish, iqtisodiyot va ijtimoiy sohalardagi islohotlarning strategik vazifalari va ustuvor yo’nalishlariga muvofiq holda mamlakat ilmiy-texnikaviy taraqqiyotini ta’minlash, olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar va texnologik ishlanmalar saviyasi, sifati va samaradorligini oshirish, ulardan amaliyotda keng foydalanish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Ilmiy-texnika taraqqiyotini Muvofiqlashtirish kengashi tuzildi.

    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni 25.07.2006 y. PF-3781 «O’zbekistan Respublikasining fan va texnika, adabiyot, san’at va me’morchilik sohasidagi Davlat mukofotlarini ta’sis etish to’g’risida». Farmonga muvofiqyuksak darajadagi ilmiy izlanishlarni amalga oshirish, noyob ixtiro va kashfiyotlar, eng zamonaviy talablarga javob beradigan texnika va yuqori texnologiyalarni, adabiyot, san’at va me’morchilik sohasida ulkan ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan etuk badiiy asarlar yaratishni rag’batlantirish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Davlat mukofotlari ta’sis etildi. Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasi huzurida O’zbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, san’at va me’morchilik sohasidagi Davlat mukofotlari bo’yicha kengash tashkil qilindi.

    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni 23.08.2007 y. PF-3912 «O’zbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, san’at va me’morchilik sohasidagi davlat mukofotlarini berish to’g’risida». Unga muvofiq 2007 yil yuqori ilmiy-texnik yutuqlarni qo’lga kiritgan bir qator olimlar O’zbekiston Respublikasining Davlat mukofoti bilan taqdirlandilar.

    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni 24.08.2009 y. PF-4129 «O’zbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, san’at va me’morchilik sohasidagi davlat mukofotlarini berish to’g’risida». Unga muvofiq 2009 yil yuqori ilmiy-texnik yutuqlarni qo’lga kiritgan bir qator olimlar O’zbekiston Respublikasining Davlat mukofoti bilan taqdirlandilar.

    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni 23.08.2011 y. PF-4351 «O’zbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, san’at va me’morchilik sohasidagi davlat mukofotlarini berish to’g’risida». Unga muvofiq 2011 yil yuqori ilmiy-texnik yutuqlarni qo’lga kiritgan bir qator olimlar O’zbekiston Respublikasining Davlat mukofoti bilan taqdirlandilar.

    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni 24.07.2012 y. PF-4456 «Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o’tkazish tizimini yanada takomillashtirish to’g’risida». Farmon asosida oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o’tkazish tizimi qayta tashkil etildi.

    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni 01.03.2013 y. PF-4512 «Muqobil energiya manbalarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida». Farmonga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining “Fizika-Quyosh” ilmiy ishlab-chiqarish birlashmasi negizida Osiyo taraqqiyot banki va boshqa xalqaro moliya institutlari ishtirokida Toshkent shahrida Xalqaro quyosh energiyasi institutini tashkil qilish to’g’risidagi taklifi ma’qullandi.

    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining  2013 yil 22 avgustdagi “O’zbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, san’at va me’morchilik sohasidagi Davlat mukofotlarini berish to’g’risida” gi PF-4556-sonli  Farmoni

    “O’zbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, san’at va me’morchilik sohasidagi Davlat mukofotlarini ta’sis etish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 25 iyulda qabul qilingan PF-3781-sonli farmoni va O’zbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, san’at va me’morchilik sohasidagi Davlat mukofotlari kengashining 2013 yilgi Davlat mukofotlari bo’yicha taklifiga binoan mamlakatimiz ilm-fanini rivojlantirishga qo’shgan salmoqli hissasi, jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnik hayotida alohida e’tiborga sazovor bo’lgan, xalqaro miqyosda e’tirof etilgan fundamental tadqiqotlari, zamon talablariga javob beradigan yuksak, mazmunan dolzarb ijodiy ishlari uchun

    Ikkinchi darajali Davlat mukofotlari quyidagilarga berilsin:

    fan va texnika sohasida:

    – Dadamuxamedov Sunnatulla, Muminov Ramizulla Abdullaevich, Sobirov Xabibullo, Tursunov Muxamad Nishanovich, Yuldoshev Isroil Abrievichga – “Kremniyli fotoaylantirgichlar asosidagi quyosh nurlanishini bevosita elektr energiyasiga aylantiruvchi hozirgi zamon tizimlari ishlanmasini yaratish va ularni ishlab chiqish” amaliy tadqiqoti uchun. – O’zR FA “Fizika-Quyosh” IICHB Fizika-texnika instituti xodimlari.

    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori 07.08.2006 y. PQ-436 «Fan va texnologiyalar rivojlanishining muvofiqlashtirish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida». Qarorga asosanVazirlar Mahkamasi huzuridagi Ilmiy-texnika taraqqiyotini muvofiqlashtirish kengashi va uning ijrochi organlari - Fan va texnologiyalar markazi hamda Yirik ilmiy va investitsiya loyihalarini ekspertizadan o’tkazish kengashi tugatildi va Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo’mitasi tashkil etildi, hamda qo’mita boshqaruvi O’zR FA prezidentiga yuklatildi.

    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori 05.05.2008 y. PQ-861 «“Qatag’on qurbonlari xotirasi” muzeyining faoliyatini yanada takomillashtirish to’g’risida». Qarorga  muvofiq Muzey binosi va unga tegishli hududida kapital ta’mirlash amalga oshirildi, shuningdek, yangi ko’rgazma  ekspozitsiyasi va zallari tashkil etildi.

    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori 15.07.2008 y. PQ-916 «Innovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishni rag’batlantirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida». Ilmiy-amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalar rivojlantirilishi hamda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash jarayonlariga tatbiq etishni rag’batlantirish bo’yicha yangi amaliy mexanizmlar yaratildi, hamda 2008 yildan boshlab Innovatsion g’oyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasi har yili o’tkaziladi.

    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori 02.11.2010 y. PQ-1426 «Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida». Farmon asosida oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash tizimi takomillashtirildi, xususan, stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar va katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutlarini tashkil qilindi.

    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori 26.10.2011 y. PQ-1631 «Toshkent shahrida Buyuk Britaniyaning Kembrij universiteti ishtirokida Yuqori texnologiyalar markazini tuzish to’g’risida». Qarorga muvofiq Toshkent shahrida Yuqori texnologiyalar markazi tashkil etildi, O’zR FA prezidenti rahbarligida markazning faxriy kengashi tuzildi va uning nizomi belgilab qo’yildi.

    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori 28.02.2013 y. PQ-1927 «Toshkent Davlat Iqtisodiyot universiteti qoshida “O’zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazini tuzish to’g’risida». Qarorga muvofiq Toshkent Davlat Iqtisodiyot universiteti qoshida yangi ilmiy-ta’lim muassasasi tashkil etilib, uning maqsad va vazifalari belgilab berildi. Shuningdek qarorda markaz strukturasi va ishchi-xodimlar jadvali belgilab berildi. 

    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori 01.03.2013 y. PQ-1929 «Quyosh energiyasi Xalqaro institutini tuzish to’g’risida». Qaror asosida XQEI tashkil etish va joylashtirish bilan bog’liq amaliy masalalar hal etildi, shuningdek, uning nizomi tasdiqlandi va institut tasarrufiga topshirilayotgan binolarni ta’mirlash rejasi ishlab chiqildi. DAK «Uzbekenergo» tomnidan XQEIni zarur jihozlar bilan ta’minlab berildi, hamda 2018 yilga qadar soliq imtiyozlari taqdim etildi.

    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 08.07.2014 y. “O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tuzilmasini yanada maqbullashtirish hamda respublika akademik ilm-fani va oliy ta’limining integratsiyasini mustahkamlash chora-tadbirlari to’g’risida” gi PQ-2204-sonli qarori 

    O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligining Fanlar akademiyasi ilmiy muassasalarining tuzilmasini yanada maqbullashtirish hamda respublika oliy o’quv yurtlarining ilmiy salohiyatini mustahkamlash bo’yicha quyidagi tadbirlar amalga oshirildi:

    O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining tugatilayotgan Abu Rayhon Beruniy nomidagi SHarqshunoslik instituti negizida Toshkent davlat sharqshunoslik instituti huzurida Abu Rayhon Beruniy nomidagi SHarq qo’lyozmalari markazini tashkil etish;

    O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining tugatilayotgan Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti negizida O’zbekiston Milliy universiteti huzurida Polimerlar kimyosi va fizikasi ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish;

    O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutini tugatib, mashinalar, mexanizmlar, suyuqlik va gazlar mexanikasi bloki negizida Toshkent davlat texnika universiteti huzurida Tarmoq mashinashunosligi muammolari ilmiy-tadqiqot markazini, shuningdek inshootlar seysmik mustahkamligi bloki negizida O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Inshootlar seysmik mustahkamligi institutini tashkil etish.

    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoyishi 01.05.2006 y. F-2488 «Xorazm Ma’mun akademiyasini zamonaviy ilmiy-laboratoriya uskunalari bilan jihozlash to’g’risida». Farmoyish asosida Xorazm Ma’mun akademiyasi faoliyatining ustuvor yo’nalishlariga muvofiq ilmiy-texnikaviy masalalarni hal etish uchun xorijda ishlab chiqarilgan 8 xil nomdagi zamonaviy ilmiy-laboratoriya uskunalari va priborlari bilan jihozlandi

    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoyishi 05.09.2012 y. F-3902 «Alternativ energiya manbalarini rivojlantirish dasturini ishlab chiqish bo’yicha Ishchi guruh tuzish to’g’risida». Farmoyishga binoan alternativ energiya manbalaridan foydalanishni kengroq yo’lga qo’yish, hamda an’anaviy yoqilg’i-energetik resurslardan maqsadli va oqilona foydalanish maqsadida muqobil energiya manbalarini rivojlantirish 2013-2017 y. dasturini rivojlantirish bo’yicha ishchi guruh tashkil etildi va guruhning asosiy vazifalari belgilandi.

    Vazirlar Mahkamasining qarori 21.06.1991 y. №-168 «O’zbekiston SSJ Prezidentining “O’zbekiston SSJ Fanlar akademiyasining maqomi to’g’risida”gi Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida». Qarorga muvofiq O’zbekiston Fanlar akademiyasi tomonidan o’ziga taqdim etilgan huquqlarga binoan mustaqil ravishda fundamental tadqiqotlar uchun ustuvor yo’nalishlarni shakllantirish, ilmiy muassasalar faoliyatini tashkil etish, ilmiy kadrlarni tayyorlash, xalqaro ilmiy-texnikaviy hamkorlikni kengaytirish bo’yicha chora-tadbirlar kompleksi ishlab chiqildi va amalga oshirildi; foydalanishda bo’lgan barcha asosiy fondlar va boshqa mol-mulk esa Fanlar akademiyasi to’liq tasarrufiga o’tkazildi.

    Vazirlar Mahkamasining qarori 26.06.1991 y. №-174 «O’zbekiston SSJ Fanlar akademiyasining Astronomiya institutiga Ulug’bek nomini berish to’g’risida». Qarorga binoan buyuk olim, mutafakkir va davlat arbobi Ulug’bekning 1994 yilda bo’ladigan 600 yillik yubileyi munosabati bilan O’zbekiston Fanlar akademiyasining Astronomiya institutiga Ulug’bek nomi berildi.

    Vazirlar Mahkamasining qarori 20.07.1991 y. №-195 «O’zSSJ Fanlar akademiyasining suv muammolari institutini tashkil etish to’g’risida». Qarorga muvofiq Fanlar akademiyasining tarkibida suv muammolari institutini tashkil etilib, uning maqsad va vazifalari, faoliyatining asosiy yo’nalishlari belgilab berildi.

    Vazirlar Mahkamasining qarori 17.09.1991 y. №-236 «O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining adabiyot institutiga Alisher Navoiy nomini berish to’g’risida». Mustaqil O’zbekiston Respublikasi hukumatining dastlabki qarorlaridan biri bo’lgan ushbu qaror asosida O’zbek adabiyotining asoschisi, atoqli olim, mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiy tug’ilgan kunning 550 yilligi munosabati bilan Fanlar akademiyasining Adabiyot institutiga Alisher Navoiy nomi berildi.

    Vazirlar Mahkamasining qarori 21.04.1992 y. №-203 «O’zbekiston tarixi muzeyini tashkil etish to’g’risida». Qarorga muvofiq O’zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashining V.I. Lenin markaziy muzeyining Toshkent filialini va Oybek nomidagi O’zbekiston xalqlar tarixi muzeyini tugatib, ularning negizida 1992 yildan boshlab O’zbekiston Fanlar akademiyasi huzuridagi O’zbekiston tarixi muzeyini taashkil etildi.

    Vazirlar Mahkamasining qarori 21.07.1992 y. №-337 «Ilm-fanni rivojlantirish va innovatsiya faoliyatini davlat yo’li bilan qo’llab-quvvatlash choralari to’g’risida». Ilmiy-texnikaviy salohiyatni mustahkamlashga, ilmiy tadqiqotlarni ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning yirik muammolarini hal etishga yo’naltirishga, innovatsiya faoliyatini kuchaytirishga muhim ahamiyat berib, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Fanlar akademiyasi olimlari bilan uchrashuvida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida Fitopatologiya instituti va uning bo’linmalarini, shu jumladan, Sirdaryo tayanch punktini (mavjud ilmiy-ishlab chiqarish va ijtimoiy bazasini) akademik O.S.Godikov nomidagi Bioorganik kimyo institutining gen-injeneriya biotexnologiya laboratoriyasi bilan birlashtirgan holda, Genetika institutini tashkil etildi. Shuningdek, O’simlik moddalari kimyosi instituti, Genetika institutini rivojlantirish va chet el adabiyotlarini sotib olish hamda xalqaro ilmiy uyushmalarda ishtirok etish uchun 1.75 mln. AQSh doll. ajratildi.

    Vazirlar Mahkamasining qarori 14.08.1992 y. №-382 «O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ustavi to’g’risida». Qarorga muvofiq O’zR FA 1992 yil 5 maydagi umumiy yig’ilishida qabul qilingan FAning nizomi tasdiqlandi. O’zbekistonda fundamental va amaliy tadqiqotlarni rivojlantirish, mamlakatimizda bozor iqtisodiyotini shakllantirishning ilmiyo jihatlarini ishlab chiqish va yosh olimlarni qo’llab-quvvatlash bo’yicha aniq vazifalar belgilab berildi.

    Vazirlar Mahkamasining qarori 08.10.1992 y. №-465 «Fan sohasi xodimlariga imtiyozlar berish to’g’risida». Qaror asosida fan sohasi xodimlariga va mutaxassislarning ularga tenglashtirilgan ba’zi toifalariga, shuningdek fan sohasida kamida 10 yil ish stajiga ega bo’lgan pensionerlarga ular yashab turgan davlat va idoralarga qarashli uylar va kvartiralarni belgilangan tartibda bepul shaxsiy mulk qilib berildi.

    Vazirlar Mahkamasining qarori 07.04.1993 y. №-175 «Baland tog’dagi astronomiya observatoriyalari Kitob kompleksi ishini tashkil etish to’g’risida». O’zbekistonda astronomiya sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni yanada rivojlantirish va baland tog’dagi astronomiya observatoriyalari Kitob va Maydanak kompleksi ishini tashkil etish maqsadida ularni moddiy qo’llab quvvatlash va texnik ta’minlash bo’yicha tezkor choralar qabul qilindi.

    Vazirlar Mahkamasining qarori 07.04.1993 y. №-175 « O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 50 yilligi to’g’risida». FAning mamlakatimizda fan va madaniyatning rivojiga, intellektual salohiyatni oshirishga qo’shgan ulkan hissasi va uning muhim ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishdagi etakchi o’rnini inobatga olgan holda Fanlar akademiyasining 50 yilligini munosib nishonlash maqsadida xorijiy olimlar ishtirokida katta yubiley tadbirlari o’tkazildi.  Batafsil

    Vazirlar Mahkamasining qarori 07.06.1993 y. №-274 «Faxriy unvonlar uchun gonorarlar va qo’shimcha haq miqdorlarini oshirish to’g’risida». O’zbekiston Respublikasining ilmiy va ijodiy salohiyatmchi saqlash va mustakamlash, O’zbekiston Respublikasida ta’sis etilgan faxriy unvonlar nufuzini oshirish maqsadida Faxriy unvonlarga ega bo’lgan kishilarning ish haqi va pensiyalariga har oyda beriladigan gonorarlar hamda qo’shimcha haq mikdorlari shu yil 1 iyuldan boshlab oshirildi.

    Vazirlar Mahkamasining qarori 03.04.1995 y. №-109 «O’zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasining Nizomi to’g’risida». Qarorga muvofiq O’zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasining yangi nizomi tasdiqlandi.

    Vazirlar Mahkamasining qarori 14.03.1996 y. №-99 «Temuriylar tarixi davlat muzeyini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida». Amir Temur va temuriylar davrida ilm-fan, maorif va madaniyatning yuksak darajadagi taraqqiyotini haqqoniy aks ettirish va keng targ’ib qilish, chuqur insonparvarlik ruhi bilan sug’orilgan tarixiy yutuqlarimiz va an’analarimiz asosida yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida Amir Temur tavalludining 660 yilligi munosabati bilan Toshkent shahrida O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tizimida Temuriylar tarixi Davlat muzeyi tashkil etildi.

    Vazirlar Mahkamasining qarori 27.07.1998 y. №-315 «O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to’g’risida». Qarorga muvofiq O’zbek xalqi va uning davlatchiligi haqqoniy tarixini o’rganish, mamlakatimiz va chet ellarda mavjud tarixiy manbalar tahlili asosida olingan ilmiy natijalarning jahon miqyosidagi e’tirofiga erishish, ularga tayangan holda ilmiy, ilmiy-ommabop asarlar, darsliklar, turli adabiyotlar yaratish va mazkur bilimlarni keng yoyish hamda tarix sohasida yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlash O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti faoliyatining bosh maqsadi deb belgilandi.

    Vazirlar Mahkamasining qarori 09.06.2000 y. №-223 «O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi faoliyatini erkinlashtirish va samarali rivojlanishini ta’minlash to’g’risida». Qarorga muvofiq O’zR FA umumiy yig’ilishida qabul qilingan FAning yangi tahrirdagi nizomi tasdiqlandi.

    Vazirlar Mahkamasining qarori 04.03.2002 y. №-77 «Ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida». O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish to’g’risida" 2002 yil 20 fevraldagi PF-3029-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda ilmiy tadqiqotlar va texnologik  ishlanmalar sifatiga qo’yilgan zamonaviy talablarga muvofiq ilmiy-texnika va innovatsiya faoliyatini yanada rivojlantirishni, shuningdek mamlakatning ilmiy salohiyatidan samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini tashkil etish va mablag’ bilan ta’minlashning grantli tizimini amalga kiritishni ta’minlash maqsadida fundamental va amaliy ilmiy  tadqiqotlar, texnologik ishlanmalar va mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning davlat ustuvorliklariga muvofiq bo’lgan innovatsiya loyihalari dasturlarini shakllantirish, taqdim etish, ekspertizadan o’tkazish va tasdiqlash tartibiga doir normativ hujjatlarni  ishlab chiqildi.

    Vazirlar Mahkamasining qarori 08.11.2002 y. №-387 "Katag’on qurbonlari xotirasi"  muzeyi faoliyatini tashkil  etish to’g’risida». O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1.05.2001 y.dagi PF-2837 «Qatag’on qurbonlarini yod etish kunini belgilash to’g’risida»gi farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida mamlakatimiz bo’ylab tadbirlar o’tkazildi va ushbu xujjat asosida 2002 yili Fanlar akademiyasi tarkibida “Qatag’on qurbonlari xotirasi” muzeyini tashkil etildi.

    Vazirlar Mahkamasining qarori 28.10.2003 y. №-470 «O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 60 yilligini nishonlash to’g’risida». FAning mamlakatimizda fan va madaniyatning rivojiga, intellektual salohiyatni oshirishga qo’shgan ulkan hissasi va uning muhim ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishdagi etakchi o’rnini inobatga olgan holda Fanlar akademiyasining 60 yilligini munosib nishonlash maqsadida xorijiy olimlar ishtirokida katta yubiley tadbirlari o’tkazildi. Shuningdek, FA huzurida Yuqori texnologiyalar fondi tashkil etilib, uning asosiy maqsad va vazifalari belgilab berildi.

    Vazirlar Mahkamasining qarori 07.09.2004 y. №-420 «O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ilmiy va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to’g’risida». Qarorga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ilmiy va moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash va rivojlantirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining muassasalari ko’rsatilgan ob’ektlarni, shuningdek xatlov natijalariga ko’ra aniqlangan priborlar, asbob-uskunalar va boshqa moddiy boyliklarni sotishdan oladigan tushumlar bo’yicha daromad (foyda) solig’i to’lashdan ozod qilindi, tushadigan mablag’lar O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga, birinchi navbatda, ilmiy-texnika va laboratoriya asbob-uskunalari xarid qilishga maqsadli yo’naltirildi.

    Vazirlar Mahkamasining qarori 09.11.2004 y. №-532 «Xorazm ma’mun akademiyasining 1000 yilligini nishonlash to’g’risida». Qarorga muvofiq Jahon ilm-fani va madaniyati rivojiga ulkan hissa qo’shgan Xorazm Ma’mun akademiyasining boy ilmiy merosini har tomonlama o’rganish, yosh avlod qalbida milliy iftixor va mamlakatimizning tarixiy o’tmishiga chuqur hurmat tuyg’usini kamol toptirish, shuningdek Xorazm Ma’mun akademiyasining 1000 yillik yubileyi yuksak tashkiliy darajada nishonlandi, yubiley tadbirlarida YuNESKOning yuqori martabali vakillari ishtirok etishdi. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Respublika "Ma’naviyat va ma’rifat" markazi, "Ibn Sino" hamda "Oltin meros" jamg’armalari, Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda 2005 yil oktyabr oyida "Xorazm Ma’mun akademiyasi va uning jahon ilm-fani taraqqiyotidagi o’rni" mavzusida xalqaro ilmiy konferentsiya o’tkazildi.

    Vazirlar Mahkamasining qarori 10.11.2008 y. №-241 «Ilmiy, ilmiy-tadqiqot muassasalari va tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to’g’risida». O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "Innovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishni rag’batlantirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida" 2008 yil 15 iyuldagi PQ-916-son qarorini bajarish yuzasidan hamda ilmiy, ilmiy-tadqiqot muassasalari va tashkilotlarini ilmiy, texnologik va laboratoriya asbob-uskunalari bilan jihozlash (qo’shimcha jihozlash) maqsadida 2009 - 2012 yillarda O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi, Sog’liqni saqlash vazirligi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining ilmiy, ilmiy-tadqiqot muassasalari va tashkilotlarini ilmiy, texnologik va laboratoriya asbob-uskunalari bilan jihozlash (qo’shimcha jihozlash) dasturi tasdiqlandi.

    Vazirlar Mahkamasining qarori 30.04.2009 y. №-125-K «“Mirzo Ulug’bekning jahon fan taraqqiyotiga qo’shgan hissas” xalqaro ilmiy anjumanini o’tkash to’g’risida». Qarorga asosan Samarqand shahrida O’zR Fanlar akademiyasi bilan manfaatdor tashkilotlar hamkorligida «Mirzo Ulug’bekning jahon fan taraqqiyotiga qo’shgan hissasi» nomli xalqaro ilmiy anjuman tashkil etildi va o’tkazildi. Anjumanda mamlakatimizning ko’plab taniqli olimlari, 8 xorijiy mamlakatdan 18 nafar astronom olimlar va YuNESKO vakillari ishtirok etdilar.

    Vazirlar Mahkamasining qarori 19.05.2009 y. №-141 «San’atshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini yanada rivojlantirish to’g’risida». Qarorga binoan san’atshunoslik sohasidagi fundamental va amaliy tadqiqotlarni samarali muvofiqlashtirish maqsadida Madaniyat va sport ishlari vazirligiga qarashli San’atshunoslik ilmiy-tadkiqot instituti O’zR Fanlar akademiyasi tasarrufiga o’tqazildi.

    Vazirlar Mahkamasining qarori 09.07.2009 y. №-191 «O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Seysmologiya institutining seysmologiya stantsiyalari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to’g’risida». Qarorga binoan seysmik xavfdan himoya qilish tadbirlarining samaradorligini oshirish, O’zbekiston Respublikasining eng muhim hayot ta’minoti tizimlari va kommunikatsiyalarida tabiiy va texnogen xususiyatga ega bo’lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish, shuningdek O’zR Fanlar akademiyasi Seysmologiya institutining seysmik stantsiyalari kompleksining barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida 2009-2010 yillarda seysmik xavf monitoringi tizimini rekonstruktsiya qilish va rivojlantirish davlat dasturi ishlab chiqildi. Dasturga binoan O’zR FA Seysmologiya instituti Respublika investitsion dasturi hisobidan rekonstruktsiya qilish va mukammal ta’mirlash, uzluksiz elektr ta’minoti va telekommunikatsiyalar tarmoqlariga kirish uchun zarur aloqa kanallari bilan ta’minlandi.

    Vazirlar Mahkamasining qarori 18.08.2009 y. №-233 « Ilmiy xodimlar mehnatini yanada rag’batlantirish chora-tadbirlari to’g’risida». Qarorga binoan ilmiy xodimlarning ilmiy tadqiqotlarni ishlab chiqishga va olingan natijalarni amaliyotga joriy etishga qo’shgan ilmiy va mehnat hissasiga qarab ularni moddiy rag’batlantirishni kuchaytirish maqsadida byudjet mablag’lari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy va rahbar xodimlarining bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari oshirildi.

    Vazirlar Mahkamasining qarori 07.09.2009 y. №-256 «O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi moddiy-texnik bazasini mustahkamlash to’g’risida». Qarorga binoan O’zR FA ilmiy va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va rivojlantirish maqsadida O’zR FA ITMlariga qarashli 12 ta samarasiz ishlatilayotgan inshoot sotuvga qo’yildi. Sotuvdan tushgan mablag’lar esa O’zR FA ITMlarining ilmiy va moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga va shu ob’ektlarda joylashgan bo’linmalarni ko’chirish maqsadlarida foydalanilish nazarda tutildi.

    Vazirlar Mahkamasining qarori 07.09.2011 y. №-249 «O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Ustaviga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida». O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining faoliyatini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 9 iyundagi 223-son qarori bilan tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Ustaviga ilovaga muvofiq o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi.

    Vazirlar Mahkamasining qarori 07.02.2012 y. №-33 «O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy muassasalari faoliyatini takomillashtirish va ularning tuzilmalarini yanada optimallashtirish chora-tadbirlari to’g’risida». Qarorga muvofiq Fanlar akademiyasining yanada samarali faoliyat yuritishi uchun ilmiy muassasalarning takomillashtirish, Uning ITM imkoniyatlarini respublikaning ustuvor yo’nalishlariga jalb qilish, innovatsion jarayonlarni faollashtirish amalga oshirildi. Ushbu qaror ijrosi doirasi Fanlar akademiyasining 10 past samarali faoliyat yuritayotgan ITMlari tugatildi hamda uning tarkibida bir qator tarmoqlarda innovatsion va orolbo’yi hududidagi muammolarni hal etishga yo’naltirilgan 4 ta yirik institutlar tashkil etildi.

    Vazirlar Mahkamasining qarori 28.12.2012 y. №-365 «Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o’tkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida». Qarorga asosan Respublikamizda 2013-yildan boshlab oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim, doktorlik dissertatsiyalarii tayyorlash va himoya kilish, fan doktori ilmiy unvoni va ilmiy darajalar berilishining bir pog’onali yangi tizimi joriy etildi. O’zR FTRMQ, OAK, FA va Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, hamda tarkibida ITMlarga ega bo’lgan boshqa vazirlik va idoralar, ularning ilmiy ilmiy kengashlari tomonidan bir pog’onali yangi tizimga o’tish bo’yicha katta ishlar amalga oshirildi, OAK tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlari tasdiqlandi, doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilish ilmiy kengashlari shakllantirildi, ilmiy maslahatchilar va doktorlik dissertatsiyalar fan yo’nalishlari bo’yicha dolzarb mavzulari belgilandi, katta ilmiy tadqiqotchi-izlanuvchilar tayyorlovi va o’qitilishi olib borilmoqda va boshqalar.

    Vazirlar Mahkamasining farmoyishi 27.11.2007 y. №-589-f «Suffa platosida Xalqaro radioastronomik observatoriya tashkil etilishi to’g’risida». Farmoyishga binoan Suffa platosida Xalqaro radioastronomik observatoriyaning ilmiy ob’ektlari qurilishi boshlandi. Qurilish Respublika investitsion dasturi tomonidan, jihozlash esa Rossiyanig ilmiy va ixtisoslashtirilgan tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.

  6. Фанлар академияси Президиуми Фанлар академияси фаолиятини тезкор бошқаришнинг коллегиал органи ҳисобланади. Фанлар академияси Президиуми таркибига куйидагилар киради: Фанлар академияси президенти, вице-президентлар, бош илмий котиб, минтақавий бўлимлар раислари, фан соҳалари бўйича бўлимлар раҳбарлари - Фанлар академияси илмий котиблари.