Zahiriddin Muhammad Bobur va XVI asr o‘zbek adabiyoti

Bokudagi nufuzli “AVROPA” nashriyoti tomonidan “Zahiriddin Muhammad Bobur va XVI asr o‘zbek adabiyoti” kitobi o‘zbek, ozarboyjon, rus va ingliz tillarida chop etildi. Mazkur kitob O‘zR FA Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyining boy ekspozitsiyasi asosida tayyorlangan.

Kitobda Zahiriddin Muhammad Boburning ijodi orqali XVI asr umum adabiyoti va uning tadrijiy takomili ko‘rib chiqilgan. Xususan, Alisher Navoiydan so‘ng Komron Mirzo (“Devon”), Gulbadanbegim (“Humoyunnoma”), Muhammad Solih (“Shayboniynoma”), Shayboniyxon (“Devon”), Majlisiy (“Qissai Sayfulmulk”) va Poshshoxo‘ja (“Miftoh ul adl”, “Gulzor”)  kabi qalam ahlining o‘zbek adabiyoti rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi ko‘rsatilgan.