Yuqori energiyalаr fizikаsi sohаsidаgi ilmiy izlanishlar

Oʼzbekiston Fanlar akademiyasi Fizika-texnika institutining Xitoy Xalq Respublikasi Shansi universitetitining Nazariy fizika instituti (Institute of Theoretical Physics of Shanxi University, Taiyuan, China) bilan yuqori energiyalar fizikasi sohasida boshlangan hamkorlik natijasida 2021-yil 18-aprel kuni ilk maqola chop etildi. Hamkorlikdagi mazkur maqola ( https://www.mdpi.com/1099-4300/23/4/478) yuqori impakt faktorga ega xorijiy “ENTROPY” jurnalida bosmadan chiqdi.

 

Ilmiy maqola jahondagi eng yirik kollayder eksperimentlarida – Katta Аdron Kollayderi (SERN, Shveytsariya) hamda Ogʼir Ionlar Relyativistik Kollayderi (OIRT, Brukxeyvn, АQSh) – yuqori va oʼta yuqori energiyali ogʼir ionlar toʼqnashuvlari boʼyicha ochiq maʼlumotlarning fenomenologik hamda nazariy tahliliga bagʼishlangan. Jumladan, maqolada oddiy yadro materiyasini ikki toʼqnashuvchi ogʼir ionlarning bir nuklon juftligiga massalar markazidagi energiyasi tahminan 10 GeV (Gigaelektronvolt) boʼlganda kvark-glyuon plazma holatiga oʼtishi koʼrsatilgan. Olamning tugʼilish jarayonini tushuntiruvchi umumeʼtirof etilgan “Katta Portlash” nazariyasiga asosan, materiya Katta portlashdan bir necha mikrosekund oʼtgach oʼta zich va issiq kvark-glyuon plazma holatida boʼlgan.

Oʼzbekiston Fanlar akademiyasi Fizika-texnika institutining Xitoy Xalq Respublikasi Shansi Universitetitining Nazariy fizika instituti (Institute of Theoretical Physics of Shanxi University, Taiyuan, China) bilan Yuqori energiyalar fizikasi sohasidagi ilmiy hamkorligi Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-martdagi “Fizika sohasidagi taʼlim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora tadbirlari toʼgʼrisida”gi qaroriga muvofiq olib borilmoqda. Ushbu Prezident qarorida, jumladan, Yuqori energiyalar fizikasi sohasida xalqaro ilmiy muassasalar va markazlar bilan hamkorlikda tadqiqotlarni tashkillashtirish vazifasi belgilangan.