Yoshlar - kelajagimiz poydevori

Mamlakatimizda yosh avlodni sog‘lom va barkamol etib voyaga ytkazish, ularning ilmiy va ijodiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash, jamiyatda munosib o‘rin topishi uchun zarur sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Yoshlar masalasi davlat siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishi sanaladi.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti tashabbusi bilan har yili an’anaviy tarzda fizika va matematika fanlari bo‘yicha “Navro‘z” fan olimpiadasi o‘tkazib kelinmoqda. Joriy yil ushbu olimpiadada Mirzo Ulug‘bek (Toshkent shahar) va Qibray (Toshkent viloyati) tumanlarining jami 37 maktabdan 183 (9-sinf 88 nafar, 10-sinf 55 nafar, 11-sinf 40 nafar) o‘quvchilar o‘z bilimlarini sinashdi. Olimpiadada ishtirok etgan o‘quvchilarning yozgan ishlari hay’at a’zolari tomonidan chuqur tahlil etildi va tegishli ballar bilan baholandi. 7 may kuni FA Yadro fizikasi institutida tanlovda g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar, ularning ota-onalari hamda o‘qituvchilar ishtirokida taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

  

Ushbu bilimlar bellashuvida fizika-matematika fanlari bo‘yicha g‘olib o‘quvchilarning har biriga diplom va esdalik sovg‘alarini O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti, akademik B.S.Yuldashev topshirdi. Bu esa o‘quvchilarda bilim olishga bo‘lgan ishtiyoqni yanada kuchaytirish va rag‘batlantirishga xizmat qilishi, shubhasiz.