Yosh olimlarning onlayn konferensiyasi oʼtkazildi

Joriy yil 15-may kuni Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yosh olimlar kengashi tomonidan “XXI asr intellektual yoshlar asri” mavzusida onlayn konferensiya oʼtkazildi. Unda FА ilmiy-tadqiqot muassasalari yosh olimlari, Toshkent yuridik universiteti, Respublika ijtimoiy fikr markazi hamda Аndijon viloyatidan ham olimlar ishtirok etishdi. Onlayn konferensiyada 3 ta - fizika-matematika-texnika, tabiiy hamda gumanitar fanlar yoʼnalishlarida maʼruzalar tinglandi. Ushbu konferensiya yosh olimlarning oʼzaro fikr almashishlari, ilmiy izlanishlar natijalari bilan oʼrtoqlashish uchun onlayn platforma vazifasini bajardi.