Yangi biologik faol birikmalarning COVID-19 virusiga qarshi taʼsiri sinovdan oʼtkazilmoqda

Hozirda OʼzR FА Bioorganik kimyo instituti tomonidan yaratilgan “Rutan” preparatini “China-Uzbekistan medicine technical park” XK MChJ da ishlab chiqarishni yoʼlga qoʼyish maqsadida “China-Uzbekistan medicine technical park” texnoparki bilan litsenzion shartnoma rasmiylashtirildi.

Shuningdek, Institutda oʼtkir respirator infeksion kasalliklarga qarshi ishlab chiqilgan 30 ta yangi biologik faol birikmalarni COVID-19 virusiga qarshi taʼsirini sinovdan oʼtkazish maqsadida Shanxay tibbiy materiya institutiga yetkazib berildi. Hozirda ushbu birikmalarni COVID-19 virusiga qarshi taʼsiri Shanxay tibbiy materiya instituti xodimlari tomonidan skrining qilinmoqda.