Xorijiy stajirovkalarni samarali tashkillashtirish

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi mas’ul xodimlari ishtirokida yosh olimlarni yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarga qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish masalasiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi. Unda O‘zR FA ilmiy tadqiqot muassasalari yetakchi olimlari, yosh tadqiqotchilar, mustaqil izlanuvchilar va doktorantlar ishtirok etdi. Mutaxassislar tomonidan “Yosh olimlarni yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarda (markazlar, universitetlar va boshqalar) ilmiy laboratoriyalarni ishlash metodikasini o‘zlashtirish uchun qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish maqsadida ularni tanlov asosida saralash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq stajirovka o‘tashga tavsiya qilinuvchi nomzodlarning hujjatlarini talab darajasida rasmiylashtirishga oid tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. Yosh olimlar xorijiy ilmiy tashkilotlarda qisqa muddatli ilmiy stajirovka o‘tash davrida uchraydigan muammoli vaziyatlar va ularning yechimlari bo‘yicha takliflar berdilar.