Xitoylik olimlarning Zoologiya institutiga tashrifi

Joriy yilning 22-iyulidan 2-avgustiga qadar  O‘zR FA Zoologiya institutida Xitoy Xalq Respublikasi Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti professorlari Shen Jun, Lei Fumin, Juanjuan Yuan, Runzhi Zhang, Gang Sang va Nankay universiteti Entomologiya instituti ilmiy xodimi Chunyan Jiang ilmiy safarda bo‘ldilar.

Ushbu tashrifdan asosiy maqsad, Xitoy Xalq Respublikasi Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti, Zoologiya muzeyida va O‘zR FA Zoologiya institutida amalga oshirayotgan ilmiy-taqiqot ishlari borasida fikr-mulohaza almashinish, hamkorlikni yanada mustahkamlash, shu bilan bir qatorda «–°AS-TWAS Xitoy Xalq Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti stipendiyasi dasturi»ga O‘zbekistondan yosh iqtidorli zoolog olimlar nomzodlarini tavsiya etishdan iborat.

Xitoy Xalq Respublikasi Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti olimlari O‘zR FA Zoologiya instituti olimlari bilan zoologiya fanining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zaro fikr almashdilar. Institut laboratoriyalari va Zoologiya kolleksiyasi bilan yaqindan tanishdilar. O‘zR FA Zoologiya instituti tomonidan 25-30-iyul kunlari uyushtirilgan ekspeditsiyada mehmonlar Qashqadaryo va Samarqand viloyatlariga ham tashrif buyurdilar.