Xalqaro ilmiy hamkorlik

Joriy yil 10-may kuni Xorazm Ma’mun akademiyasiga AQShning Fulbrayt dasturi bo‘yicha Ayova shtati ilm va texnika davlat universiteti professori Jaсek Koziel tashrif buyurdi. U Xorazm Ma’mun akademiyasi va bu yerda olib borilayotgan tadqiqotlar bilan tanishdi. Ilmiy xodimlar va doktorantlarga xalqaro grantlar yozish va ilmiy tadqiqot ishi natijalari yuzasidan maqola chop qilish bo‘yicha seminar-trening o‘tkazdi.