Umumxalq hashari o'tkazildi

Har yili Navro'z bayrami arafasida umumxalq hashari o'tkazilishi an'anaga aylangan. Tevarak-atrof obod qilinadi, ariq va zovurlar tozalanadi, daraxtlar oqlanadi. 

Bu yil ham har doimgidek O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi xodimlari ham "Hashar - elga yarashar" deb erta tongdan hasharda shay bo'lib, kimdir yer yumshatdi, yana kimdir daraxtlarni oqladi, kimdir hamma joyni supurib, suv sepdi.

  

Zero, xalqimizga obodlik, tozalik va go'zallik yarashdi.