Tibbiyot va farmatsevtika sohasidagi ilmiy ishlanmalar taqdimoti

Joriy yilning 18-19-noyabr kunlari Innovatsion rivojlanish vazirligi binosida Oʼzbekistonda ilk bora farmatsevtika va tibbiyot sohasida tijoratlashtirishga tayyor boʼlgan ilmiy ishlanmalar koʼrgazmasi boʼlib oʼtdi. Ikki kun davom etgan koʼrgazmada yurtimizdagi ilmiy-tadqiqot institutlari, ilmiy va innovatsion markazlari tomonidan 100 taga yaqin ilmiy ishlanmalar namoyish etildi. Koʼrgazmada barcha ilmiy muassasalar va mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar, tibbiy texnika hamda zamonaviy davolash metodikalari namoyish qilindi.

Tadbirda Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalari ishlanmalarining ham taqdimoti boʼlib oʼtkazildi.