Tarix fanlari doktori, professor Dono Ziyoyeva vafot etdi

OʼzR FА Tarix instituti ilmiy xodimi, tarixshunos olima, professor Dono Hamidovna Ziyoyeva vafot etdi.

D.Ziyoyeva ilmiy faoliyatini 1983-yil Tarix institutida kichik ilmiy xodimlikdan boshlab, Institutning ilmiy ishlar boʼyicha direktor oʼrinbosari (2000-2005), "XIX-XX asr tarixi" boʼlimi mudiri (1998-yildan hozirgacha) kabi masʼuliyatli lavozimlarda faoliyat yuritib kelgan. Olima 1990-yil "Turkistonda XIX-XX asr boshidagi milliy ozodlik harakati tarixshunosligi" mavzusida nomzodlik, 1999-yil "1917-1924-yillarda Turkistondagi milliy-ozodlik harakatlari XX asr tarixshunosligida" mavzularida doktorlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilgan.
Olima rahbarligida "Oʼzbekiston tarixi" ning V jildi, "Oʼzbekiston tarixi xrestomatiyasi" ning IV jildi va boshqa qator toʼplamlar nashr etilgan. 
O'zbekiston Respublikasi Prezidiumi professor Dono Hamidovna Ziyoyevaning vafoti munosabati bilan olimaning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.